Qozog`iston "omikron" sababli cheklovlar joriy qilmoqda, uning O`zbekistonga kirib kelish xavfi yuqorimi?

30.11.2021 10:53

3 dekabrdan Qozog`istonda ham koronavirusning “omikron” shtammi kirib kelishining oldini olish maqsadida bir qator cheklovlar joriy qilinmoqda.

Xususan, ba`zi mamlakatlardan xorijliklarning Qozog`istonga kelishi taqiqlanadi. Misr bilan ham aviaqatnov to`xtatiladi.

“Omikron” aniqlangan davlatlardan tashrif buyuruvchilar esa vaksina olgan bo`lishidan qat`i nazar, majburiy test topshirishlari va 7 kunlik o`zini o`zi yakkalash tartibiga amal qilishlari kerak.

O`zbekistonda hozircha bu borada hech qanday cheklov joriy qilingani yo`q, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov O`zbekistonda hammasi yaxshiligini, hatto, koronavirusga chalinish holatlari ham kamayganini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, JARning Yuqumli kasalliklar milliy instituti ijrochi direktori Adrian Puren koronavirusning mamlakatda aniqlangan yangi turi omikron-shtamm dastlab mutaxassislar ta`kidlaganidek inson uchun uncha xavfli emasligini, chunki og`ir holatlarni keltirib chiqarmayotganini xabar qilgan edi.

JSST esa koronavirusning “omikron” varianti bilan bog`liq umumiy global xavfni juda yuqori deb baholagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.12.2021 00:15
Imlo xatolariga e'tibor bersangiz yaxshi bo'lardi (ta'qiq, baxo, Habari va h.k.)