“O`zbekneftgaz” AJga tegishli AYoQShlarda so`nggi kunlarda benzin taqchilligi kuzatilgani sababli internet ijtimoiy tarmoqlarida tanqidiy muhokamalar bo`ldi.
Benzin taqchilligini oldini olish uchun “O`zbekneftgaz” AJ va “Tovar xom-ashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbir ishlab chiqildi.
Natijada “O`zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda soat 21:30dan boshlab AI 80 markadagi benzin 6890 so`mdan sotuvga chiqariladigan bo`ldi.
Respublika hududidagi “O`zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin bo`lishi ta`minlanadi.
Siyovush To`raxo`jaev,
“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati boshlig`i