Jizzaxda quriladigan mazkur AES Rossiya tomonidan moliyalashtiradi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O`zbekiston o`z energetika sohasiga eng ko`p sarmoya jalb qilgan.
2021 yil 1 aprel holatiga ko`ra, Respublikada umumiy qiymati 21,76 milliard dollarlik energetika investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda, uning yarmi, ya`ni 11 milliard dollari Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga to`g`ri keladi.
Umuman olganda, 2025 yilga borib O`zbekiston 7,3 GVt quvvatga ega 18 ta yangi elektr stansiyasini ishga tushirmoqchi.
O`zbekiston va Rossiya o`rtasida AES qurish bo`yicha rejalar 2018 yil aprelida ma`lum bo`lgan edi. Shu yilning sentyabr oyida esa tomonlar kelishuviga ko`ra, Rosatom 1,2 GV quvvatga ega har ikki blokni qurishi mumkin.
AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko`li yaqinida, Qozog`iston bilan chegaradan unchalik uzoq bo`lmagan joy tanlandi .
O`zbekiston atom elektr stansiyasini ishga tushirish hisobiga elektr energiyasi taqchilligi qoplanishi, shuningdek, 3,7 milliard kub metrga yaqin gazni tejalishi kutilmoqda.
Yoqilg`i eng munosib mahalliy manbalar tomonidan taqdim etiladi.