Hokimlik va xalq o`rtasidagi to`siq olib tashlanmoqda.
Yaqindagina Toshkent viloyat hokimi lavozimiga tayinlangan Zoir Mirzaev islohotni hokimlik binosi atrofidagi panjaralarni olib tashlashdan boshladi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha hududda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yashil bog` tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlanib, o`rniga daraxt ko`chatlari ekish ishlari olib boriladi.
Shuningdek, “Amfiteatr” binosini qayta ta`mirlash hamda atrofida ko`ngilochar maskanlarni tashkil etish ishlari ham davom etmoqda.
Bog` va “Amfiteatr” binosi 2022 yilgacha to`liq foydalanishga topshiriladi hamda 150 ta ish o`rni yaratiladi.
Eslatib o`tamiz, Zoir Mirzaev Qashqadaryo viloyatida hokim vazifasida ishlagan vaqtda ham hokimlik binosi atrofidagi panjaralarni oldirib tashlagan edi:
«Kichkinagina tashkilotlar panjara, panjaradan so`ng yana bir balo qo`yib, odamlarning yo`lini to`sib qo`ygan. O`zi hech bir ish qilmaydi, qo`riqlanadigan hech narsa yo`q, lekin panjara bilan to`silgan. Men shunday paytda tashkilot rahbarlaridan panjara bilan kimdan nimani qo`riqlayotganini so`rayman. Xo`sh, tashkilotini xalqdan qo`riqlayaptimi?» – degan Zoir Mirzaev.
*****
Mavzuga oid maqolalar:
TAHLIL: Zoir Mirzaev Toshkent viloyatini Qashqadaryo darajasiga olib chiqish uchun keldimi?