Bugun O`zEOAVMA Bosh direksiyasi va Ekspertlar kengashining qo`shma yig`ilishi bo`ldi.
Yig`ilishda qatnashgan Oliy Majlis Senati a`zosi, Toshkent shahar “Nuroniy” jamg`armasi kengashi raisi Rustam Kalonov bugungi kunda aholining katta qismi nodavlat telekanallarni tomosha qilayotganligini e`tirof etdi. Shu bilan birga ayrim ko`rsatuvlarda xalqimiz qadriyatlariga va urf-odatlariga u qadar mos bo`lmagan holatlar aks etayotganligini ta`kidladi.
Shundan so`ng “ZO`R TV” Bosh muharriri F.Yusupova keyingi paytda “Yor-yor” ko`rsatuvining ijtimoiy mazmunini kuchaytirish bo`yicha bir qator choralar ko`rilayotganligini, mamlakatimiz jamoatchiligi va tomoshabinlar bildirayotgan taklif va tavsiyalar albatta inobatga olinishini aytib o`tdi.