Antikorrupsiya agentligi amaldorlarning korrupsion sistemasini fosh qilmoqda, prokuratura esa oqlab chiqmoqda

25.11.2021 18:13

Kuni kecha saytimizda korrupsiyada ayblangan Xorazm viloyati hokimi o`rinbosari Bahrom Qurbonov haqida maqola e`lon qilingan edi.

Unda Xorazm viloyati hokimi o`rinbosari raislik qilgan tenderda uning ukasi asoschi bo`lgan firma g`olib bo`lgani hikoya qilingandi. Maqolada ushbu korrupsion holatda qatnashgan va Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan korrupsiyada qo`l urganlikda ayblagan hokim o`rinbosari hamon amalda ekani tanqid ostiga olingan.

Viloyat hokimi o`rinbosari B.Qurbonovning bu korrupsion qissasi aslida ommaviy axborot vositalari tomonidan 1 yildan buyon yoritib kelingan. Shu bilan birga Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi ham yil davomida Xorazm viloyatidagi ushbu korrupsion holatni brifinglarda qayta-qayta e`lon qilib kelgan. Ammo, rost24.uz muxbirlarining surishtiruviga ko`ra, agentlik tomonidan jinoyat sifatida talqin etilgan holat yuzasidan prokuratura allaqachonlar o`z oqlovlarini bayon   qilgani ma`lum bo`ldi.

Qonun buzilishini oldini oluvchi Qurbonovning ishini organ quyidagicha izohlaydi:

"Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish kommunikasiyalar, kommunal xo`jalik va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari B.Qurbanov 20 mlrd. so`mlik “Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish” bo`yicha davlat buyurtmasi bo`yicha o`tkazilgan tenderda raislik qilib, tenderda ob`ektni rekonstruksiya qilish ukasi U.Qurbanovga tegishli bo`lgan “Bunyodkor” MChJga berilganligi holati yuzasidan to`plangan hujjatlar qo`shilgan.
Aniqlanishicha, viloyat hokimligi yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi tomonidan 7018648-sonli lot orqali o`tkazilgan boshlang`ich narxi 20.380,6 mln. so`m bo`lgan “Xorazm viloyati Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish” ob`ekti bo`yicha “Bunyodkor” MChJ, “Urganch qurilish beton” MChJ va “Irdimzon qurilish” xususiy korxonasi tomonidan ofertalar taqdim qilingan.

Shuningdek, komissiya tomonidan 1-yig`ma jild xujjatlarini baholash natijalari bo`yicha “Urganch qurilish beton” MChJ 65,6 ball, “Irdimzon qurilish” xususiy korxonasi 80 ball, “Bunyodkor” MChJ 81,7 ball to`plaganligi ma`lum bo`lgan. “Urganch qurilish beton” MChJ o`tish ballini to`plab bilmaganligi sababli tenderdan chetlashtirilgan. 2-yig`ma jildni xujjatlari ochilganda, “Irdimzon qurilish” xususiy korxonasi 20.257,1 mln. so`m va “Bunyodkor” MChJ 20.180,6 mln. so`m taklif qilgan holda tender g`olibi bo`lgan.

Bundan tashqari, tenderda “Bunyodkor” MChJning ta`sischisi U.Qurbanov, viloyat hokimining o`rinbosari, tender komissiyasi raisi B.Qurbanovning ukasi ekanligi, shuningdek tenderda U.Qurbanov emas, jamiyat bo`lim boshlig`i B.Saidov ishonchnoma asosida ishtirok qilgani hamda tender komissiyasi yig`ilishlarida komissiyasi raisi B.Qurbanov ishtirok qilmagani ma`lum bo`lgan.

Tergovda yuqoridagi holatlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o`rganilib, tender qonuniy o`tkazilgani hamda tender xujjatlarini baholash to`g`ri amalga oshirilganligi haqida ma`lumotnoma taqdim qilingan."

Endi oddiy savollar tug`iladi: 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nega amaldorlarni korrupsiyaga qo`l urganlikda ayblab uni oshkora ommaga bot-bot ma`lum qilib kelmoqda. Top-toza amaldorlarni bunday badnom qilishga qarshi agentlik mutasaddilariga nisbatan jazo bo`lishi kerak emasmi? 

Agar agentlik ma`lumotlari rost bo`lsa, nega unda prokuratura kabi organlar amaldorlarni oqlab yana o`z ishini davom ettirishga imkoniyat yaratib beradi?

To`g`rirog`i bizga tushuntirib bering. Nimalar bo`layapti? Jamoatchilik bilishga haqqi bor. Tegishli mas`ullardan munosabat kutib qolamiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.12.2021 03:04
Яна уч турт сайтларда эьлон килиш керак коррупцияга карши кураш агентлигини судга бериш керак тухмат килганлиги учун бунака холат биринчи марта эмаску нима булибди тендерда хоким уринбосарининг укаси ютса очдан улсинми улар халк кун куриш йулларини билиб олган Россия Козогистон Туркия Корея
26.11.2021 11:38
Qarindoshlarni xafa qilish yaxshi emas: qolganlar o'lib ketavermaydimi
26.11.2021 06:14
Коррупция коррупцияни химоя киладида.