Ikki davlat xalq rassomi – Chingiz Ahmarovning hanuzgacha uy-muzeyi yo`q

23.11.2021 08:20

Mustaqillik oldi qilinishi kerak bo`lgan, lekin ma`lum sabablar bilan qolib ketgan maskanga qachon e`tibor qaratiladi?

O`zbekiston va Tatariston xalq rassomi Chingiz Gabdurahmonovich Ahmarov – monumentalist rassom, sharq miniatyurasi an`analarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratgan.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi Sodiq Rahmonov Chingiz Ahmarovning shogirdi hisoblanadi. U ustozi haqida quyidagi fikrlarni aytib o`tdi:

"Ustoz, juda ham saviyasi baland rassom edi. Urush vaqtida "Navoiy" teatri qurilgan va o`shanda Chingiz akani bezashga taklif qilishgan.

Sovet vaqtida uy-muzeyini qurish uchun taklif berilgandi. Shahar arxitektori kelib ushbu bog`ni qurishmoqchi edi. Mustaqillik e`lon qilingandan keyin esa bu ish to`xtab qoldi. Sabablarini bilmadim. Lekin endi mana o`zimizni eplab olib, rivojlanib borayotgan bir vaqtda, mana shunday insonlarga uy-muzeyi qurish vaqti keldi. 1970 yilda institutga kirganimda Chingiz akaning qo`llarida o`qiy boshlaganman. Shu vaqtdan to umrining oxirigacha birga bo`ldim. Ustaxonada 10 yil birga ota-boladay bo`lib birga ishlaganmiz",– deya so`zini yakunladi shogirdi Sodiq Rahmonov.

Chingiz Ahmarov ishlagan mazkur ustaxonada hozir shogirdi ijodini davom ettirmoqda ekan. Bu ustaxonada ustoz juda ko`plab nodir asarlar yaratgani uchun ham ushbu xona albatta, qadrli bo`lishi turgan gap. Ayni paytda, yaratgan asarlar ham shu erda saqlanib turibdi.

1995 yil 83 yoshida vafot etgan O`zbekiston Xalq rassomining hali-hanuz uy-muzeyi mavjud emas. Uning juda ko`p asarlarini xalqimiz biladi.

Bu narsa o`z echimini qachon topadi? Vafot etgan dunyoga mashhur ustozlarimiz yodi mana shu ishlar bilan kelajak-avlodga etib boradiku, axir...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
23.11.2021 20:09
Qorin muammosi turganda ko'ngil muammosi bilinmaydi