Abdulaziz Komilov «O`zbekiston – Evropa Ittifoqi» hamkorlik kengashi yig`ilishi yakunlari bo`yicha belgiyalik jurnalist Sadid Laylumning Tolibonni terrorchi deb atagan savoliga «Markaziy Osiyo, Evropa, AQSh, Janubiy Koreya yoki boshqa mamlakatlarda Tolibon tomonidan uyushtirilgan teraktga birorta ham misol keltira olmaysiz», deb javob berdi.
«Tolibon nafaqat Afg`onistondagi asosiy kuch, balki afg`on jamiyatining bir qismidir. Ular mamlakat cheragasidan tashqarida hech qachon terakt uyushtirmagan», – dedi Komilov.
Vazir jurnalistning tolibonni hech kim tan olmasligi kerakligi haqidagi savoliga psixologik to`siqlarni engib o`tib, vaziyatga boshqa tomondan qarash kerakligini aytdi.
TIV rahbari Afg`onistondagi mavjud voqielik va kuchlarning yangi muvozanatini tan olish muhimligini ta`kidladi va «Biz afg`on muammosi yukini mintaqa davlatlari, ayniqsa, eng yaqin qo`shnilar elkasiga yuklay olmaymiz», – dedi.