O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Kamilovning xizmat mashinasi joriy yilning 22 oktyabr sanasida yo`l-transport hodisasiga uchragan.
Oliy sud matbuot kotibining rost24.uz muxbiriga ma`lum qilishicha, avtohalokatga uchragan "Malibu 2" xizmat mashinasida sud raisi Kamilov bo`lmagan.
Norasmiy manbalar mazkur hodisadan so`ng rais haydovchisi lavozimdan ozod etilganini aytmoqda. Ammo, Oliy sud matbuot kotibi bu xabarni tasdiqlamadi. Uning dalolat qilishicha, avtohalokatga uchragan haydovchi davolanayotgani tufayli ish joyiga chiqmagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, yangi xarid qilingan xizmat mashinasiga yo`l transporti hodisasidan so`ng jiddiy jarohat etgan.
Oliy sud raisi matbuot kotibi haydovchining qanday darajada jarohat olgani va boshqa tafsilotlarni aniqlashtirmadi.