Ichki ishlar vaziriga murojaat bilan chiqqan profilaktika inspektoriga jinoiy ish ochildi

16.11.2021 21:54

Uning 81,4 million so`mlik kreditni noqonuniy o`zlashtirgani aniqlangan.

Bosh prokuraturaning Rost24.uz ga ma`lum qilishicha, 

Namangan shahar IIO FMB 2-son IIB HPG TP profilaktika inspektori S.O. uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tijorat banki bilan fuqarolar o`rtasida tuzilgan o`zaro shartnoma orqali 81,4 million kredit ajratilishiga erishgan.

So`ng, rasmiy hujjatlardagi imzolarni qalbakilashtirish yo`li bilan ajratilgan kredit mablag`lariga tikuv dastgohlarini olib, ularni naqd pulga sotib yuborgan va pullarni o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Gumonlanuvchi bir necha marotaba tergov organiga chaqirilgan bo`lsada, turli bahonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli, unga nisbatan sirtdan ayblov e`lon qilinib, 13 noyabr kuni sudining ajrimiga asosan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan va unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14 noyabr kuni ayblanuvchi S.O. ushlanib, himoya huquqlari ta`minlangan holda tergovga jalb qilingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.11.2021 22:41
Yana eski "sovetcha" usul. Xursand bulavursin, hali ham yumshoqkungullik qilishibdi, tentakxonaga tiqib quyishmabdi yoki fohishani haqini bermasdan zurlaganlikni buyniga ilishmabdi
17.11.2021 21:12
Ajab bo'libdi, "katta"larga "sakramasin" edi. "Qizim, senga gapiraman, kelinim, sen eshit"