Kommunizmdan Yangi O`zbekistongacha hukumatning yuqori lavozimlarida xizmat qilib kelayotgan amaldor Abdulaziz Komilovni Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov tavallud ayyomi bilan tabrikladi.
Sherzod Asadov 74 yoshli amaldor Komilovga videomusiqali tabriknoma yo`lladi. Bu holat O`zbekiston amaldorlari o`rtasida kamdan-kam hollarda kuzatilgani tufayli jamoatchilikda qiziqish uyg`otdi. Asadov tabriknoma musiqasiga G`arbda asosan dafn marosimlarida aytiladigan qo`shiq Frank Sinatraning “Mening yo`lim” (My way)ni tanlagan.
Ma`lumki, ushbu qo`shiq G`arbda dafn marosimlarida ko`p ishlatilishi bilan mashhurlikka erishgan. Hattoki, afsonaviy xonanda Elvis Preslini so`nggi yo`lga kuzatuvida ham Frenk Sinatraning “Mening yo`lim”i yangragan.
*****
Abdulaziz Komilov haqida qisqacha:
1947 yil 16 noyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo`l shahrida tavallud topgan.
SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi bor.
Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. Arab va ingliz tillarini biladi.
Abdulaziz Komilov "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati", "Do`stlik" kabi ordenlar bilan taqdirlangan.
Eslatib o`tamiz, A.Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. Bir nafar o`g`li bor. Abdulaziz Komilovning o`g`li Doniyor Komilovning kompaniyasi Toshkentda DXXning sobiq binosini 210 milliard so`mga sotib olgan edi.