Surxondaryo viloyati Boysun tumani hokimligi tomonidan 398 mln. so`mga bir dona "Trailblazer" rusumli avtoransport vositasi xarid qilindi. Boysun tuman hokimligi balansida bo`lgan "Captiva-2" xizmat avtomashinasi esa elektron auksion orqali sotilishi aytilgan.
Mazkur xarid qonunga xilof hisoblanadi. Chunki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish me`yorlari tasdiqlangan. Unga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligining viloyat boshqarmasi sotib oladigan xizmat avtomashinasi eng yuqori narxi bazaviy hisoblash miqdorining 700 baravaridan ortiq bo`lishi mumkin emas. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so`m ekanini hisobga oladigan bo`lsak, Boysun tuman hokimligi sotib olgan xizmat avtomashinasining narxi 189 mln. so`mdan yuqori bo`lishi mumkin emas.
Hokimlik 258-sonli qarorini buzgan hisoblanadi.
Bundan oldin saytimizda, xuddi shu qarorga xilof tarzda Kaptiva avtomabili sotib olmoqchi bo`lgan, lekin qarorni bekor qilgan Samarqand viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi haqida material chiqqan edi. "Qishloqlarda tez yordam vazifasini eshaklar bajarmoqda, vazirlik amaldorlari esa o`zlariga "Captiva" xarid qilish bilan ovora…"
Hokimlik va boshqarmalar o`zini ko`z-ko`z qilgandan ko`ra, xalq uchun xizmat qilsa davlat uchun foydali bo`lardi...