Marg`ilon shahri. «Zuhro» mahallasi:
— 8 ta ko`pqavatli uylarning tom qismi ta`mirlandi. Fasadlar yangilandi. Uylar atrofidagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanib, obodonchilik ishlari tashkil qilindi. Bolalar o`yingohlari qurib berildi. Avtoturargoh maydonigacha asfaltlandi.
«Nadirmat» MFY:
— «Maktab» ko`chasi bo`ylab shu kunlarda toza ichimlik suvi tortish ishlari yakunlanmoqda. Chirib bitgan ichimlik suvi tarmog`i yangilanmoqda. Kommunalchilar buning uchun 3 ming metr tarmoq tortishdi. Mahallaning qo`shni ko`chasida esa elektr ta`minoti yaxshilanmoqda. Temir-beton tayanchlar o`rnatilib, havo liniyalari tortilmoqda.
Toshloq tumani. «Zarkent» qishlog`i:
— Qo`lbola elektr tayanchlari olib tashlanib, ular o`rnida temir-beton tayanchlar o`rnatildi hamda havo tarmoqlari tortilib, xonadonlar qaytadan tarmoqqa ulanmoqda.
«Sadda» mahallasi:
— Ichimlik suvi tarmog`i chirib bitgandi. Endi bu aholi o`ramida ham yangidan tarmoq tortilmoqda.
«Qo`rg`oncha» MFY:
— Mahalla qabristoniga boshlovchi yo`llarning tashlandiq ahvolga kelib qolgani sabab, qisqa fursatda mahalliy hokimlik, sektor ishchi guruhi tomonidan o`rganishlar olib borildi. Kuchlar safarbar etilib, qabriston hududidagi eski imoratlar olib tashlanib, obodonlashtirildi.
«Tojik» qishlog`i:
— Boshlang`ich sinf bolalari uchun 120 o`rinli maktab qurilishi va foydalanishga topshirilmoqda.
Quva tumani. «Soyguzar» qishlog`i:
— Ikkinchi sektor ko`magida kooperasiya tashkil qilindi. Tadbirkor yigit kooperasiya rahbari tariqasida qishloqdagi ishsiz aholi vakillarini ishga qabul qildi.
Sektor ko`magida kooperasiyaga 7 gektar er maydoni ajratildi. Aholi bandligini ta`minlash bo`limi tomonidan bahorda gul ko`chatlarini ekish uchun «temir daftar»da ro`yxatga olingan shaxslarga 131 mln. so`m miqdorida davlat subsidiyalari ajratilmoqda.
«Begat»qishlog`i:
— Quva tumanida yangi tikuvchilik korxonasi ham kuni kecha ish boshladi. Tikuvchi xotin-qizlarning aksariyati «Begat»qishlog`idan qatnaydi. Ular safida 18 nafar ayol «temir daftar»ga kiritilgan bo`lib, ish so`rab qilgan murojaatlari asosida ishli-joyli bo`ldi.
Oltiariq tumani. «Kapcho`gay» massivi:
— Massivda kichik sanoat zonasida 20 ta loyiha tayyorlanmoqda. Ularga ko`ra, 10 sotixdan er maydoni murojaat bilan chiqqan talabgor tadbirkorlarga berilib, kichik ishlab chiqarishlar, shuning barobarida yangi ish o`rinlari yaratiladi.
«Poloson»qishlog`ining «Buloqboshi» mahallasida TP o`rnatildi. «Azimobod» qishlog`iga Davlat byudjetidan ajratilgan 3 mlrd. so`m mablag` evaziga zamonaviy suv inshooti qurib bitkazildi. Natijada qishloqning 600 dan ziyod xonadoniga toza ichimlik suvi kirdi.
«Yangi turmush» MFY:
— To`rtinchi sektor hududida joylashgan. Mahallada 17 km. uzunlikdagi 6 ta ichki yo`l mavjud bo`lsa, ularning yarmida ahvol achinarli darajada edi. Murojaat orqali bu kamchilikni bartaraf etishga kirishildi hamda 153 ta xonadondan iborat «Bog`i eram» ko`chasini shag`allashtirish ishlari ham boshlab yuborildi.