Tilshunos olimlarning alifboga o`zgartish kiritish islohoti bo`yicha yakuniy yig`ilishi bo`lib o`tdi. Ammo unga OAV vakillari kiritilmagan va xabar berilmagan.
Yig`ilishda ayrim harflarni (sh, ch, g‘, o‘, ng) o`zgartirish masalasi ko`rib chiqilgan. Yig`ilish Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkilotchiligida o`tkazilgan.
Kun.uz ga ko`ra, uchrashuv alifbo islohoti bo`yicha olimlarning yakuniy hal qiluvchi yig`ilishi maqomida o`tgan. Endi yig`ilishdagi umumiy fikrlar ko`rib chiqish va ma`qullash uchun qonunchilik palatasiga jo`natiladi.
Agar Qonunchilik palatasi ushbu fikrlarni ma`qullasa, “sh” va “ch” harflari kelgusida “ş” va “ç” ko`rinishida, “õ” va “ḡ” esa “õ” va “ḡ” ko`rinishida qabul qilinadi. Shuningdek, “ng” harfi ham “ñ” ko`rinishida yoziladi va o`qiladi.
Aytilishicha, yig`ilishda tilshunos olim Nizomiddin Mahmudov yangi alifboga «s» harfini ham kiritish taklifini bergan, ammo olimning fikriga boshqalar qo`shilmagan va taklif ma`qullanmagan.
«h» va «x» harflarini kelgusida bitta harf shaklida alifboda qoldirish taklifi ham bo`lgani va ko`p bahslarga sabab bo`lgani aytilmoqda.
Ammo, shunday muhim va millat uchun o`ta ahamiyatli bo`lgan yig`ilish nega yopiq va yashirin tarzda o`tkazilgani noma`lum.