“Rahbar ko`p, mas`ullar ko`p, lekin odamlarning dardi bilan shug`ullanadigan odam yo`q desak bu ham to`g`ri bo`ladi” – Shavkat Mirziyoev.
Prezident viloyat, shahar va tuman rahbarlari joylarda kichik biznes vakillari bilan umuman muloqot qilmayotganini tanqid qilgan. “Infratuzilma yo`q, gaz, elektr energiyasi va aylanma mablag` yo`q”, – degan edi davlat rahbari 2021 yil 8 apreldagi videoselektorda. Mana shu selektorda bir qancha amaldorlar ishdan chetlatilib, hayfsan berilgan edi.
Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo hokimining birinchi o`rinbosari O`tkir Bo`taev, soliq boshqarmasi boshlig`i Azamat Bozorov, Markaziy bank Qashqadaryo hududiy boshqarmasi boshlig`i F.Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Odil Hasanov, Markaziy bankning Navoiy bo`limi boshlig`i Islombek Saidov va Markaziy bank soliq boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari Muhammadievni o`z lavozimidan bo`shatgan edi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, viloyat prokurori Erkaboy Tojiev va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i Shuhrat Sotvoldiev, shuningdek, Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov va viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedovga hayfsan berilgan.
Shu bilan birga Ulug`nor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimining birinchi o`rinbosarlari, Andijon, Oltinko`l, Olot, Qorako`l, Oqoltin, Chilonzor, Mo`ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlaridagi soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan bo`shatildi.
Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari Botir Zohidovga hayfsan berilgan. O`zbekistonda 3 noyabr kungi internet-platformalar faoliyatini cheklash bilan bog`liq voqea ortidan bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikasiyalar va innovasion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig`i Olim Umarov hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadikov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Nazorat bo`limi boshqaruvchisi F.G`aybullaev lavozimidan ozod qilingan. O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi B. Abdusamatovga hayfsan berilgan.
Oliy va o`rta maxsus ta`limning sobiq vaziri Rustam Qosimov, O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi B.Zokirov va uning birinchi o`rinbosari A.To`xtaev ham hayfsan olgan.
Sobiq Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktori Umidjon Salimov va boshqa bir qator boshqaruv organlari rahbarlari belgilangan talablar va Vazirlar Mahkamasi reglamenti qo`pol ravishda buzilishiga yo`l qo`ygani tanqid ostiga olingan.