Navoiy viloyati hokimi so`nggi ish kunida salkam 22,5 milliard so`mni tarqatib ketdi

11.11.2021 17:58

NIMADIRLAR ShUBHALI ShUNDAY EMASMI?

Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov 8 noyabr kuni farmoyish chiqargani ma`lum bo`ldi.

Kun.uz ga ko`ra, hokim o`zining so`nggi ish kunida (8 noyabr) farmoyish chiqarib, bir qator tashkilotlarga jami 22 mlrd. 491 mln. so`m mablag` ajratgan.

Farmoyishda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining kommunal to`lovlari, Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo`lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyining ta`mirlanishi bilan bog`liq xarajatlar kabi bir qancha ajratmalar bor.

Farmoyishda ushbu mablag`ning 22 mlrd. 291 mln. so`mi viloyat mahalliy byudjetining III chorak daromadlarining rejadan orttirib bajarilgan qismi hisobidan, 200 mln. so`mi viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamg`armasi mablag`lari hisobidan berilishi nazarda tutilgan.

Farmoyishda keltirilgan eng katta summa 8 mlrd. 23 mln. so`m viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi uchun ajratilgani aytilmoqda. Unda sog`lomlashtirishga ko`maklashish jamg`armasiga mablag` o`tkazish xarajatlari uchun 4 mlrd. 23 mln. so`m, yangi tashkil etiladigan oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni ta`mirlash xarajatlari uchun 1 mlrd. so`m va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda qo`llaniladigan dori vositalarini sotib olish xarajatlari uchun 3 mlrd. so`m pul berilgan.

Ammo, Navoiy viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining 2021 yil 20 oktyabrdagi buyrug`i bilan viloyat bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasida tashkil etilgan vaqtinchalik koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxona o`rinlari faoliyati 2021 yil 20 oktyabr kunidan to`xtatilgan.

Buyruqda tegishli mas`ullar inqirozga qarshi kurash jamg`armasi mablag`laridan olingan dori-darmonlar qoldig`i to`g`risida hisobot topshirishi va qoldiqdagi barcha dori-darmonlarni zaxira sifatida saqlashi belgilangan.

Hokim farmoyishining ilovasida sog`liqni saqlash boshqarmasining 2021 yil 24 avgustda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda qo`llanadigan dori vositalarini sotib olish uchun viloyat hokimligidan mablag` so`ralgani aks etgan xat keltirilgan.

Bundan kelib chiqadiki, boshqarma joriy yil 24 avgustda hokimlikdan mablag` so`ragan, 20 oktyabrda boshqarma zaxirasida dori-darmonlar qoldig`i bor bo`lgan, 8 noyabrda (aynan hokimning so`nggi ish kunida) esa boshqarmaga hokim farmoyishi bilan so`ralgan mablag` ajratilmoqda. Nimadir shubhali, shunday emasmi?

Eslatib o`tamiz, Kobul Tursunov 8 noyabr kuni “sog`ligi davolanishni talab etgani” sababli Navoiy viloyati  hokimi vazifasidan ozod etilgan edi. Saytimizda Navoiy viloyati hokimligiga oid bir qator materiallar e`lon qilingan.

“Navoiy viloyatining yangi hokimi: Tursunov Normat aslida kim?”

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.11.2021 22:21
Sulton suyagini xo'rlamas
11.11.2021 23:47
ЎҒРИ !!! Қўрқмайди, чунки ҳокимларга жазо кўринмаслиги яхши билади.
11.11.2021 23:10
U bu kimdan Qarz qurzlari bo'lsa....