Navoiyda “Telekom Devices PRO” MChJ milliy ruhda dasturlashtirilgan “O`zbekiston” smartfonlarini ishlab chiqardi.
“O`zbekiston” smartfoniga hatto O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ham yuklangan. Shuningdek, smartfonga klassik va zamonaviy o`zbek adabiyotining nodir namunalari jamlanmasi, radioinssenerovkalar, 100 dan ortiq o`zbek kuy va qo`shiqlari , shuningdek, yurtimizning eng diqqatga sazovor go`shalari tasviri tushirilgan foto-albomlar yuklangan.
Bundan tashqari, “O`zbekiston” smartfoniga “Hukumat” dasturi ham kiritilgan bo`lib, dasturga barcha vazirliklar, to`rt hokimiyat tizimi ishonch telefonlari joylashtirilgan. Telefon raqamlar o`zgarishi bilan bog`liq hollarda dastur avtomatik tarzda yangi raqamlarni kiritish xususiyatiga ham ega.
Ekran foni uchun yurtimiz tabiatiga oid suratlar jamlanmasi joylashtirilgan bo`lsa, chaqiruv qo`ng`iroqlari va uyg`otuvchi ohanglar uchun ham o`zbek musiqa san`ati namunalaridan foydalanilgan.
Yaqin kunlargacha, O`zbekiston milliy smartfonlar bozorida “Artel” yagona mahsulot edi.