Antikorrupsiya agentligini hokimliklar "uch tiyin"ga olmayapti. Bu agentlik shunchaki xorijliklar ko`zi uchunmi?

10.11.2021 09:20

Viloyat va Toshkent shahar hokimliklarida tender qoidalari qo`pol ravishda muntazam buzib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi esa ushbu yolg`on tenderlarni fosh qilmoqda. 

Ammo, shu vaqtgacha ko`zbo`yamachilikka tender o`tkazgan hokimliklarga jiddiy chora ko`rilgani, mansabdorlarning sud oldida javob bergani haqida ma`lumot berilmadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tomonidan davomli tarzda viloyatlar kesimida aniqlangan korrupsion holatlar ochiq e`lon qilinyapti. Ularda asosan hokimliklar tomonidan tender qoidalari buzilish holatlari qayd etilgan.

1 noyabrda agentlik e`lon qilgan xabarda Namangan, Xorazm, Navoiy viloyat hokimliklarida tender qoidalari buzilganligi ma`lum qilingan. Unda korrupsion holat miqdori 4,7 mlrd so`mligi aytiladi.

Avgust oyidagi agentlik ma`lumotida naqd 461,3 mlrd. so`mlik korrupsion holat aniqlangan. Bu holat ham tender qoidalarining buzilishi bilan bog`liq. Ko`p hollarda tender yakunlanmay ba`zida e`lon qilinmay qurilish ishlari bitkazilishi yoki g`oliblarning aniq bo`lishi kuzatilgan. 

Hususan Toshkent shahar hokimligida ham tender g`oliblari e`lon qilinmasdan 3,7 mlrd. so`mlik ta`mirlash va qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Jizzax, Toshkent, Andijon viloyati hokimliklarida ham xuddi shunday korrupsion holatlar aniqlangani haqida agentlik xabar bergan edi. 

Agentlikning 2021 yilning 6 oylik davri bo`yicha bergan axborotida Respublika bo`yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. so`mlik 458 ta tanlovda «Davlat xaridlari to`g`risida»gi va «Raqobat to`g`risida»gi Qonun talablari buzilishiga yo`l qo`yilganligi aytiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi vakolat doirasida aniqlab tegishli organga ma`lumotlarni taqdim etmoqda. Biroq, hokimliklar go`yoki jazolovchi organ bilan kelishib olgandek korrupsion holatlarni kiprik qoqmay davom ettirib kelmoqda.

Eng qiziqarlisi hokimlarning o`zida ana shunday yirik miqdordagi mablag`lar bilan bog`liq korrupsion holatlar kuzatilsada, Toshkent shahar va barcha viloyat hokimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining raislari deb belgilandi. Hamda, bu tashabbus korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxonov tomonidan to`liq qo`llab quvvatlandi.

Doimgidek dolzarb savollar ochiq qolmoqda. Shu vaqtgacha hokimliklarda aniqlangan yirik korrupsion holatlar aybdorlari qachon e`lon qilinadi va ularga qachon chora ko`riladi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.11.2021 16:40
Янги узбекистонда хокимларга хеч качон чора курилмайди 100 та агентлик тузилса хам бизда конун эмас огзаки Энг юкоридан айтилган гап мухим