Navoiy viloyatining yangi hokimi: Tursunov Normat aslida kim?

08.11.2021 15:31

Navoiy viloyatiga 27 yillik soliq mutaxassisi Tursunov Normat To`lqinovich hokim etib tayinlandi.

Tursunovdan avval Navoiy viloyatida Qobil Tursunov hokimlik qilgan.

Tursunov Normat To`lqunovich Navoiy viloyatiga hokim bo`lishdan avval Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i edi.

O`z joyida kerak bo`lmagan soliqchi Normat Tursunov Jizzax viloyati soliq boshlig`i o`rinbosari va Navoiy viloyatlari soliq boshqarmasi boshlig`i sifatida ham faoliyat yuritgan. U 1994 yilda o`z karerasini aynan shu soliq soxasida boshlagan.

Bugunga kelib salkam 30 yillik katta tajribaga ega bo`lgan soliq mutaxassisi o`z ish joyini tashlab, Navoiy viloyatiga hokim bo`ldi.

Normat Tursunov shuncha yillik tajribasi bilan ko`proq o`z ish joyida zarur emasmi? Yoki o`z ish joyida zarur bo`lmagan katta tajribali mutaxassis nega yirik sanoatlashgan viloyatga hokim etib tayinlanmoqda?

Navoiy viloyatida hokim almashdi, ammo shu vaqtgacha viloyatda aniqlangan korrupsiyaga endi kim javob beradi?

Yana ochiq qolayotgan savollar ko`p. Ular boshqaruv tizimidagi tayinlovlarga nisbatan ishonchsizlikni oshiradi.

“Bu bizdan avvalgi hokim boshchiligida bo`lgan”, qabilidagi bahonalar bilan Navoiy viloyati hokimligi o`z ishini davom ettiraveradimi?

O`tgan hafta boshida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Navoiy viloyatidagi korrupsion jinoyatlar haqida jamoatchilikka ma`lumot tarqatgan edi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Navoiy viloyatida buyurtmachilar tomonidan 5 ta holatda umumiy qiymati 1,8 mlrd. so`mlik qurilish-ta`mirlash ishlari tanlov (tender) savdolari o`tkazilmasdan, pudrat shartnomalari tuzilmasdan bajarilgan.

Navoiy viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan RShTYoIM Navoiy filialida “Kislorod stansiyasini” qurish bo`yicha “tender.mc.uz” saytiga 2021 yil 17 iyulda boshlang`ich baxosi 364 560 153 so`m bo`lgan e`lon joylashtirilgan.

Tender komissiyasining 2021 yil 29 iyuldagi 3692-sonli yakuniy baholash bayonnomasiga asosan “TAYANCH QURILISH SERVIS” MChJ tanlov g`olibi deb topilgan hamda buyurtmachi va jamiyat o`rtasida 328 136 000 so`mlik pudrat shartnomasi imzolangan.

Ammo, agentlik tomonidan qurilish ob`ekti joyiga chiqib o`rganilganida, “Kislorod stansiyasini” qurish ishlari tanlov savdolari o`tkazilmasdan, pudrat shartnomasi tuzilmasdan 2021 yil mart oyida boshlanib, 2021 yil iyun oyida dalolatnoma asosida to`liq foydalanishga topshirilganligi va hozirgi kunda stansiya ishchi holatda ekanligi aniqlangan. Qiziq, ushbu kamchiliklarni viloyat hokimi payqamaganmi? Endiikda nima uchun avvalgi hokim javobgarlikda tortilmasdan lavozimlar almashdi?

“Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi Qonunga ko`ra viloyat hokimi yuqorida keltirilgan tender qoidalarrining buzilishiga ham javobgar bo`lishi kerak-ku?

Agentlik tomonidan korrupsiyalar aniqlanaveradi, hokimlar esa o`taveradi...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
05.08.2022 06:41
Bu inson juda masuliyatli va mard inson
13.01.2022 04:22
Абдужоббор сервис турлари УНИТАР корхона директори ЭШНАЗАРОВ ДЖОБОРКУЛ ТУРАХОНОВИЧ БУЛАМАН манхоким нормат турсунов билан бир ойдан бери учрашолмай юрибман ман БИРИНЧИ Гурух НОГИРОНИМАН биз ногиронларлар кайси партияга ва депутатга караймиз тел ракамим ⁹⁹¹⁴⁸⁷⁵²⁵ кутаман хоким бобо
01.12.2021 18:35
ДЕМАК КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШНИ КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШ АГЕНТЛИГИНИ ЎЗИДАН ТОЗАЛАШНИ БОШЛАШ КЕРАК ЁКИ УМУМАН У АГЕНТЛИКНИ НАФИ ТЕГМАСА ДЕМАК БУ АГЕНТЛИКНИ ЁПИБ ЙЎҚ ҚИЛИШ КЕРАК ТАМОМ.
09.11.2021 11:41
Ketni yopishning "sovetcha" usuli