Xalq bankida mlrd.larni sarflab shubhali qurilishni boshlagan Shuhrat Otaboevning Navoiyga hokimi bo`lishi kutilmoqda

08.11.2021 11:00

O`zbekiston hukumatida kadrlar siyosati qanday yuritiladi?

Nega aynan bir joyda 6 oy muddat ham ishlay olmagan shaxs yana yangi lavozimga ko`tarilmoqda?

Agar Shuhrat Otaboev Navoiy viloyatiga hokim etib tayinlansa, bu uning 1 yil ichida uchinchi marta lavozimini o`zgartirishi bo`ladi. Buni qanday tushunish mumkin?

Xalq bankiga rais bo`lib kelganiga 15 kun o`tar-o`tmas katta miqdordagi, salkam 300 milliardlik shubhali qurilishni boshlashda gumonlangan, korrupsiya holati bor, deya aytilayotgan qo`shimcha mablag`larga biror bir izoh bermagan Shuhrat Otaboev OAVning ochiq savollaridan nega qochmoqda?

***

Xalq bankiga raislikka kelishi bilan salkam 300 milliardlik shubhali qurilishni boshlagan Shuhrat Otaboevning Navoiy viloyatiga hokim bo`lib tayinlanishi kutilmoqda. 

Otaboev Navoiy viloyatiga hokim etib tayinlansa, bu uning 1 yil ichida uchinchi bora lavozimining o`zgarishi bo`ladi. Joriy yilning fevral oyida u  Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investisiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

Oradan 5 oy o`tib 21 iyul sanasida Shuhrat Otaboev Xalq banki Boshqaruvi raisi etib tayinlanadi. 

Xalq bankida 3 oydan buyon raislik qilayotgan Shuhrat Xoldorovich lavozimiga kelishi bilan bitkazilishi kerak bo`lgan Xalq Banki bosh ofisining qurilish ishlariga boshlang`ich ajratilgan mablag`dan ham ko`proq  qo`shimcha 165,9 milliard so`m jalb etadi. Hozirda qurilish ishlariga jami 279,1 milliard so`m ajratilgan Xalq Banki bosh ofisi hamon bitkazilgan emas. Qo`shimcha jalb etilgan milliardlab mablag`lar haqida tushuntirish bermagan Xalq Banki raisi Shuhrat Otaboev bugungi kunda Navoiy viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi kadrlar ma`muriyatchiligi departamenti mudiri Ilhom Qurbonovning bildirishicha, birgina kadrning qanchalar muvafaqqiyatli faoliyat yuritganiga baho berish uchun u bir lavozimda 1 yildan ortiq ishlashi talab etiladi. Biroq, Shuhrat Otaboev 1 yil ichida uchinchi lavozimni qabul qilishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, saytimizda Shahrat Otaboev haqida “Moliyaviy inqirozga yuz tutayotgani aytilayotgan Xalq banki salkam 300 milliard so`mga Bosh ofis qurmoqda” nomli maqola e`lon qilingan edi. Mazkur maqolada ko`tarilgan jiddiy muammoga na Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi va na Xalq banki ma`muriyati javob berdi.

Savollar quyidagicha edi:

Mazkur qurilishdagi ba`zi savollarning ochiq qolishi loyihada korrupsiya aralashganiga shubha tug`dirmaydimi?

Shuhrat Otabaevni bunchalik tez va shoshma-shosharlik bilan qaror qabul qilishiga nima majbur qildi?

Nima uchun qurilish to`liq smeta qilib 113,2 milliard so`m etib belgilangan binoning qo`shimcha loyihasi mablag`i asosiy bino mablag`idan ham ko`p 165,9 milliard so`m bo`lib chiqmoqda?

Mablag`larni shubhali tarzda katta ajratilishi bo`yicha qarorlar aynan Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgani davlatning o`zi korrupsiyani qo`llayotgandek tuyulmayaptimi?

Ochiq qolgan savollarga kim aniqlik kiritadi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.11.2021 04:08
Vvvvaavvshshshiii .хаммаси шундай ойлигига кун курсин кани уша хоким ва ёнидаги лайкачалри рахбарларни оддий ишчини кулига бир ой куйиб беринглар бечоралар болалари тошбурон килади чунки у маразларни болалари узи 5600 сумга халиги когоздон олади
08.11.2021 17:11
Факат УЗИ емасдан юкорига хам узатишни биларканда ,есанг хаммага етадиган килиб е деган шиорга амал киларканда
08.11.2021 16:25
Bizda hammasi teskarisi. Qanchalik mansabdorning ayblari isboti bilan aytilsa, shunchalik uning lavozim pillapoyasidan ko‘tarilishi tezlashadi. Bundan uning pul yig‘ish bo‘yicha iqtidori baholansa kerakda.