Juma namoziga borgan ba`zi bir fuqarolar mashinasini yo`l o`rtasiga qo`yib ketadi, bu holat to`g`rimi?

05.11.2021 20:22

Har juma kuni shu bo`lar takror...

Haftaning har juma kunlari masjidlar atrofida tirbandlik yuzaga keladi. Ko`p hollarda ibodatga kelgan fuqarolarning ayrimlari avtomobilini yo`l harakatini to`sgan holda tashlab ketadi. Bu borada din peshvolari qanday fikrda? Ibodat qilishga otlangan kishining boshqalarga zarar etkazishi va xalaqit qilishi kechirimlimi?

Rost24.uz sayti muxbiri mazkur masala yuzasidan Shayxontohur tumani Kohota jome masjidi imom-xatibi Abduhakim Pirnazarovdan javob oldi:

“Mashinada yurish ijtimoiy odoblardan biri. Ko`chada bo`lsin, masjidda bo`lsin yo boshqa jamoat joyda bo`lsin o`zini mo`minman, musulmonman, deb hisoblaydigan odam shariatimiz belgilab bergan qonun-qoidalarga bo`ysunishi kerak. Xuddi shunday, hozir siz ko`tarayotgan muammo bu nafaqat Toshkent shahrida, balki butun respublikamizda, nafaqat juma kuni masjidlarimiz oldida, jamoat joy bozorlarimiz, yo shifoxonalarimizda bu muammoning har kuni guvohi bo`lyapmiz. Payg`ambarimiz (s.a.v)ning bir hadislari bor: “Agar Ollohdan qo`rqmasang, xohlaganingni qil”. Lekin ertaga Ollohning huzuriga javob berishga tayyor tur.

Juma kunlari masjidlarning oldiga va boshqa jamoat namozlarida ham ba`zi bir namozxonlarimiz yo`lning kerak bo`lsa ikkinchi, uchinchi qatnov qismigacha mashinasini qo`yib namozga kirib ketadi. Oqibatda ko`pchilik o`tishi lozim bo`lgan katta yo`llar ham to`silib qolmoqda. U yo`ldan homilador ayollarni shifoxonaga olib borishga to`g`ri kelib qolishi mumkin. Yong`inni o`chirish mashinalari o`tadi, yoki boshqa odamlar o`z zarurat yuzasidan ketayotgan insonlarning yo`lini to`sib qo`yish mumkin. Yo`l to`sish esa katta gunohdir”, – deydi Imom Abduhakim Pirnazarov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар