Qashqadaryoda mahalla raisi, o`qituvchi, masjid imomi hijrat va jihod qilishga tayyorlanishgan

31.10.2021 12:23

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh fosh etilgan.

DXX matbuot xizmatining Rost24 saytiga bildirishicha, ular o`zaro yig`inlar vaqtida “Jihodchilar” oqimi g`oyalari yo`g`rilgan audio-video ko`rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilishgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.

Guruhning 1969–1995 yillar oralig`ida tug`ilgan 12 nafar a`zosi orasida mahalla fuqarolar yig`ini raisi, o`rta maktab o`qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor.

Guruh a`zolarining yashash manzillari ko`zdan kechirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar mavjud bo`lgan uyali aloqa vositalari va fleshkartalar, shuningdek, nashriyoti ko`rsatilmagan kitoblar borligi aniqlanib, ekspertizadan o`tkazish uchun rasmiylashtirib olingan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.11.2021 15:51
Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi hamda Diniy qo'mita o'z xodimlarini himoya qilib bayonot berishdi. Xalq ta'limi vaziri har doimgidek jim. Bir kishi "eng qo'rqoq kasb egalari "o'qituvchi"lar, o'g'rilar ham ulardan botirroq",~degan ekan
31.10.2021 17:56
Alhazar, yaqinda hokimlar ham shunaqalarga qo'shilib ketmasa edi. Yaratganning o'zi asrasin