"IShID"ning xavli terrorchisi ushlanib, O`zbekistonga olib kelindi

30.10.2021 10:01

Xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun qidiruvda bo`lgan “I.O.” Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O`zbekistonga olib kelindi.

O`zAning ma`lum qilishicha, “I.O.” 2014 yilning fevral oyida mavsumiy ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga boradi va internet tarmog`i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a`zolari bilan aloqaga kirishadi.

Natijada ularning ta`siri ostida “I.O.” yashash manziliga qaytib kelib, ikki nafar farzandini ota-onasiga qoldiradi hamda rafiqasi bilan birga 2015 yilning mart oyida Ukraina orqali dastlab Turkiyaga, so`ngra Suriya hududiga o`tib, “Islom davlati” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo`shiladi.

Shu tariqa u 2015 — 2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashadi.

Shuningdek, u joriy yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak bo`lgan qo`poruvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.

Hozirda “I.O.”ga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

   

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар