Vazirlar Mahkamasining qarori bilan endilikda maxsus ekspluatasiya-montaj bo`limlari (bo`linmalari) xodimlariga oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama beriladi.
Shuningdek, ovqatlanish uchun BHMning bir baravari miqdorida kompensasiya va obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorda har choraklik mukofot to`lanadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Rost24.uz sayti orqali kuniga 9 soatlab ishlayotgan obodonlashtirish xodimlarining na tushlik qilishga joylari borligi, na kiyim almashtirish va boshqa ehtiyoj uchun makonlari borligi, xodimlar aksariyat hollarda o`z yonidan xarajat qilib, ish joyiga etib olishiga to`g`ri kelishi muammosi yoritib berilgandi.
Obodonlashtirish xodimalari esa “Hatto bayramlarda ham biz dam olmaymiz, ammo oylik maoshimizga qo`shimcha yo`q” deya o`z ishining noqulayliklarini aytib o`tgandi.
Oradan 4 oy o`tib ushbu muammo ijobiy hal etildi.