Chiroqchidagi yirik xarajatli to`y xayriyami yoki chorvadorlarni mollarga emish topish muammosi qiynamoqdami?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 6 mingta mehmonga dasturxon yozib 1 tonna go`shtdan ovqat qildirgan to`yboshi – cho`pon Asqar Ro`ziboev bilan rost24.uz muxbiri bog`landi.
Cho`ponning aytishicha, ukasining o`g`illariga sunnat to`y va bobo va momoning ulug` yoshni qarshilagani munosabati bilan xalqqa dasturxon yozishni avvaldan niyat qilgan.
To`yda jami 8 ta qo`y, 7 ta ho`kiz so`yilgan.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Ayritom qishlog`i, “Obodon” mahallasida tahminan 23 ming aholi bor. Ularning barchasi to`yga aytilgan, imkoniyatga qarab taxminan 6 ming kishi to`yda mehmon bo`lgan.
Rost24.uz muxbirining "Marosimni ko`pxarj bo`lishga nima sabab bo`ldi?", degan savoliga “Bu yil qurg`oqchil bo`ldi, mollarga qishda emish yo`q, nobud qilgandan ko`ra xalqqa tarqatgan yaxshi-ku”, deya javob berdi cho`ponlik bilan shug`ullanuvchi Asqar Ro`ziboev.
Qiziq savol tug`iladi. Chorva mollariga emish topish qishloqlarda shu qadar dolzarb muammomi?
2020 yil 29 yanvarda chorvachilik tarmog`ini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida qaror qabul qilingan edi. Bu qaror hayotga qanchalar tatbiq etildi. Nima uchun cho`pon va chorvachilik bilan shug`ullanuvchilar emish topish muammosi xavfi tufayli mollarini so`yib yuborishni afzal ko`rmoqda.