Rossiya, Belarus va Qozog`iston prezidentlari O`zbekistondagi saylov natijalaridan avvaldan xabardor bo`lganmi?

25.10.2021 18:11

Markaziy saylov komissiyasi bunga izoh berdi.

O`zbekistondagi Prezidentlik saylovining natijasi MSK tomonidan rasmiy e`lon qilinmasdan oldin Putin, Lukashenko va To`qaev Shavkat Mirziyoevni g`alaba bilan tabrikladi. Ushbu tabriklar ikki soat oldin ko`plab xorijiy OAVda ko`rinish berdi.

Markaziy Saylov Komissiyasi matbuot kotibi Jaloliddin Usmonov Rost24.uz axborot saytining ushbu tabriklar bo`yicha bergan savoliga munosabat bildirdi.

Uning ma`lum qilishicha, kunning birinchi yarmida Euronews va undan so`nggi tarqalgan xabarda “MSK ma`lumotlariga qaraganda”, degan joyi yo`q va bu xabarlar umuman haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

“Shavkat Mirziyoevni saylovda yutgani bilan tabriklagan prezidentlarga kelsak, bu ularning siyosiy qarashlari bo`lishi mumkin”, – dedi Jaloliddin Usmonov.

– U holda prezidentlarni MSK natijalarni e`lon qilmasidan avval yo`llagan tabriklarini norasmiy deyish mumkinmi?

– Men bunday deya olmayman, chunki bunday deyish uchun ularning matbuot kotibi bilan bog`lanish kerak edi. Markaziy saylov komissiyasi xabarlariga qaraganda” degan joyi bo`lmagani uchun men ularni ayblay olmayman – deya munosabat bildirdi MSK matbuot kotibi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар