Kiyosi Kurasavaning “Dunyoning bir chekkasi” filmining premerasi Toshkent xalqaro kinofestivali yakunlab berdi

21.10.2021 15:09

Xalqaro media-hollda ““Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali natijalari” nomli konferensiyasi bo`lib o`tdi. Tadbirda diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, O`zbekiston va xorijiy davlatlarning etakchi kino mutaxassislari, OAV vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvni O`zbekiston bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va Yaponiyaning O`zbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyamu ochib berdi.

"Ta`kidlab o`tish lozimki, davlat rahbari tashabbusi bilan qayta tiklangan kinofestivalning muvaffaqiyatli o`tkazilishida ko`plab mutaxassislar va tashkilotlarning xizmati bor, - deb ta`kidladi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov. – Toshkent xalqaro kinofestivali mamlakat kino sanoati rivojiga davlat va qator tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan keng ko`lamli sarmoya sifatida xizmat qiladi. Mazkur kinofestivalni o`tkazishda faol qatnashgan mutaxassislarga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomidan faxriy yorliqlar topshirishga qaror qilindi. Ayniqsa, kinofestivalni tayyorlash va o`tkazishda o`z hissasini qo`shgan xorijlik hamkasblarimizning xizmatlarini alohida ta`kidlashni istardim", – dedi Aziz Abduhakimov.

“Hozirda o`zbek kinematografiyasi yanada rivojlanmoqda. O`zbekistonning rivojlanish strategiyasi tufayli so`nggi besh yilda kino sanoati ulkan yutuqlarga erishayotganini guvohi bo`lmoqdamiz. Bu kabi fikrlar dunyoning etakchi kino ekspertlariga tegishli. Shuningdek, kino sohasining rivojiga misol sifatida, kapital rekonstruksiya qilingan «O`zbekfilm» binosining taqdimotini, 28 million AQSh dollari qiymatidagi yangi texnik jihozlarining keltirilishini, yangi Kino uyi, Kino muzeyi, oltita kinoteatr, Kino fondining yangi binosi va VGIK filialining ochilishini, milliy filmlarning ilk premeralarini, milliy kinematografiya durdonalarining xorijiy mamlakatlardan qaytarilishini, o`nlab mahorat darslari va uchrashuvlarni, jahon kino yulduzlarining taqdimotlari va tadbirlarini ko`rsatib o`tishimiz mumkin. Bu kino sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni tasdiqlaydigan voqealarning to`liq ro`yxati emas. Amalga oshirilayotgan islohotlar Prezident Shavkat Mirziyoevning ulkan qo`llab -quvvatlashining yorqin natijasidir”, – dedi Kinematografiya agentligi bosh direktori.

Tadbir doirasida turli mamlakatlar kinoijodkorlari ishtirokida ZOOM konferensiya o`tkazildi. Ishtirokchilar kinofestival yakunlarini sarhisob qilishdi va O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan ushbu ulkan kino tadbiri haqida o`z fikrlari bilan bo`lishdi.

Zoom-konferensiyada taniqli rejissyor Timur Bekmambetov, «Belarusfilm» kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, Qirg`iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya boshqarmasi direktori Muktali Bektenaliev, qirg`iz kino tanqidchisi, kino tarixchisi, teleboshlovchi Gulbara Tolomushova, Eronning IRIB Media Trade distribyutorlik kompaniyasi ijrochi direktori Alireza Shaxruxi, “Roskino” rahbari Evgeniya Markova, “Vittorio Strada” jamg`armasi rahbari Olga Strada ishtirok etdi.

«Har tomonlama ajoyib tadbir tashkil etilgani uchun Rossiya kinoijodkorlari nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz hammamiz O`zbekiston qanchalik tez va jadal rivojlanib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz, biz katta muvaffaqiyatlarga, shu jumladan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarning muvaffaqiyatiga ishonamiz. Bu to`lqinni ko`targaningiz va atrofdagilarga O`zbekiston qanday kuch va potensialga egaligini eslatganingiz uchun tashakkur”, - dedi Roskino rahbari Evgeniya Markova.

«Belarusfilm» bosh direktori Vladimir Karachevskiy ham Toshkent kinofestivalining amaliy ahamiyatini ta`kidlab, o`tkazilgan yirik tadbirga bag`ishlangan fikrlarini aytib o`tdi.

«Mening yuragim O`zbekistonda qolib ketdi, biz hali ham Toshkentda o`tkazgan kunlarimiz haqidagi xotiralar bilan yashayapmiz. Belarus delegasiyasi Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklifnoma uchun samimiy minnatdorchilik so`zlarini etkazishimni so`rashdi. Toshkentda men Minskda bo`lib o`tadigan “Listopad” kinofestivalida foydalanish mumkin bo`lgan jihatlarni ko`rdim. Kinofestivalda o`zbekistonlik mehmonlar va kinoijodkorlar ham ishtirok etishadi. Shuningdek, biz ko-produksion loyihalarni amalga oshirish haqida muzokaralar olib borayapmiz, vatandoshingiz Topivoldiev haqida film suratga olishni va Belarusda "O`zbekiston kino kunlari" va O`zbekistonda "Belarus kino kunlari"ni o`tkazishni rejalashtiryapmiz", – dedi Karachevskiy.

Italiyaning “Vittorio Strada” jamg`armasi rahbari Olga Strada Toshkent xalqaro kinofestivalini haqiqiy ilhom manbai deb atadi.

“Kinofestivalning ko`lami hammada ijobiy taassurot qoldirdi. Fursatdan foydalanib, ushbu tadbir tashkilotchilariga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Italiya bilan hamkorlikda kino mahsulotlarini yaratish bo`yicha bir nechta takliflar kelib tushmoqda. O`zbekiston – har xil janrdagi filmlar uchun ajoyib suratga olish maydoni sifatida xizmat qilishi mumkin, o`ylaymanki, bu albatta xorijlik kinoijodkorlarni qiziqtiradi”, – dedi Olga Strada.

Tadbirning barcha ishtirokchilari navbatdagi "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalini intizorlik bilan kutayotganlarini ta`kidlab o`tishdi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov barcha ishtirokchilarni kelasi yilning kuzida o`tkazilishi rejalashtirilgan kinofestivalga taklif etdi.

Eslatib o`tamiz, "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalida 300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi, O`zbekiston Respublikasi bo`ylab 40 ta lokasiyadan foydalanildi. Lyuk Besson, Stiven Sigal, Jerar Deparde, Timur Bekmambetov, Pavel Priluchniy, Nikita Mixalkov, Randhir Kapur, Melisa Asli Pamuk, Nuri Bilige Seylan, Rob Minkoff, Franko Nero, Valter Afanasev, Aleksey Chadov kabi mashhur yulduzlar festival mehmoni bo`ldi.

Tadbir so`ngida dunyoga mashhur yapon rejissyori Kiyosi Kurasavaning "Dunyoning bir chekkasi" filmining premerasi bo`ldi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар