Oliy Majlis deputatidan davlat tilida axborot berishni so`ragan kun.uz jurnalisti Ilyos Safarov ichki va tashqi tahdidlar ostida qolganini aytmoqda.
Jurnalistning deputatdan davlat tilida axborot berishni so`ragan talabiga rossiyalik diplomat Mariya Zaxarova ham munosabat bildirgan. Ammo, o`zbek tilini rivojlantirish departamenti vakillaridan hech qanday javob bo`lmagan.
«Rahbar ishda bo`lmagani uchun javob qilinmaganini bahona qilgan departament haqida «Birgina rahbarga qarab qolgan va usiz biron ish qilolmaydigan departamentdan nima kutish mumkin», – deydi Ilyos Safarov.
Quyida jurnalistning to`liq videosini ko`rishingiz mumkin.