O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan «O`zbek tili bayrami» kuniga bag`ishlab o`tkazilgan «Mediasavodxonlik: OAVdagi yutuq va kamchiliklar tahlili» mavzusida davra suhbati bo`ldi.
Unda OAV vakillari o`zbek tili bo`yicha o`z mulohazalarini bildirdi.
Amaldorlar til borasida xato qilsa ko`z yumiladiyu ammo oddiy xodim xato qilsa jazolanishi muqarrarligi misollar bilan alohida aytib o`tildi.
Rost24.uz Bosh muharriri Anora Sodiqova ham o`zbek jamiyatida «katta kurash»da engilayotgan o`zbek tili bo`yicha chiqish qildi.
Ushbu chiqishni quyidagi videoda ko`rishingiz mumkin.