Tokio shahrida bo`lib o`tgan XVI yozgi Paralimpiya o`yinlarida para-engil atletikaning F12 klassida ayollar o`rtasida yadro uloqtirish bo`yicha oltin medal sohibi, Safiya Burhonova Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi, «Vatanparvar» mahallasida istiqomat qiladi.
Sofiyaning oltin medalni qo`lga kiritgani mahalla ahlini ikki karra quvontirdi. «Endi tumanimiz mutasaddilari, rahbarlar Sofiyani qutlash uchun mahallamizga kelishadi, hududimiz obod bo`ladi», deb o`ylashgan edi.
Hammasi rejadagidek bo`ldi, Uchtepa tuman hokimligi mutasaddilari va bir qator tashkilot vakillari chempion qizimizni g`olib bo`lgani bilan tabriklash uchun uning uyiga kelishdi, Burhonovaga sovg`alar taqdim etishdi.
Biroq, hokimlik vakillarning tezkorligiyu topqirligiga «5» baho qo`yishga majburmiz.
Safiya Burhonova yashaydigan ko`pqavatli uyning kirish yo`lagi, kameraga ko`rinishi kerak bo`lgan ba`zi joylar bir kechada ta`mirlandi. Mahalla ahli kutgan rahbarlar esa imi-jimida kelib ketishdi.
1967 yildan buyon qarovsiz qolgan mahalla yana e`tiborga muhtojligicha qolmoqda. Quyida Uchtepa tumani «Vatanparvar» mahallasining bugungi ko`rinishi aks etgan suratlar taqdim etiladi.