O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida saylov jarayonlarini yoritishga ko`maklashish maqsadida “Xalqaro media-xoll” tashkil etildi.
“Xalqaro media-xoll”ning ochilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, diplomatik korpus, xalqaro kuzatuvchilar mahalliy va xorijiy OAV vakillari, blogerlar, faol yoshlar ishtirok etdi.
O`zEOAVMA boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov Prezident saylovini keng va xolisona yoritishda, saylovning xalqaro andozalarga va demokratik tamoyillarga muvofiq tarzda o`tkazilishida, ommaviy axborot vositalari uchun transparentlik va teng huquqlilikni ta`minlashda ushbu “Media-xoll”ning tashkil etilishi katta yordam berishini alohida ta`kidladi.
Media xollning maqsad va vazifalari, unda yaratilgan sharoitlar va yaratilgan imkoniyatlar taqdimoti o`tkazildi.
“Xalqaro media-xol” tadbirlarida 5000 nafardan ortiq iqtidorli, faol yoshlar, ijodkor talabalar, yosh mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, “xalqaro media-xoll” kun tartibidan konsertlar, film taqdimotlari, qator madaniy dasturlar ham o`rin olgan.
“Xalqaro media-xol” 26 oktyabrga qadar o`z faoliyatini davom ettiradi.