Xalq ta`lim vazirligi: «O`zbekistonda qariyb 340 nafar maktab o`quvchilari aravakashlik qilgan»
Bunga kim sabab, o`qituvchimi yoki ota-ona..?
«O`zbekistonda qariyb 340 nafar maktab o`quvchilari aravakashlik qilgan» deya xabar bermoqda Xalq ta`lim vazirligi.
Xalq ta`limi, Ichki ishlar va Mahalla vazirligi shuningdek Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda maktab o`quvchilari o`rtasida «Davomat» tadbirlari o`tkazilgan.
O`tkazilgan reydlar davomida darslarni sababsiz qoldirgan 2 ming 832 nafar o`quvchi aniqlandi.
Shulardan, dars vaqtida:
– 439 nafari internet-kafeda;
– 68 nafari tungi internet klubda;
– 338 nafari bozorlarda savdo-sotiq va aravakashlik;
– 39 nafari daydilik;
– 15 nafari esa jamoat transportida chiptachilik faoliyati bilan shug`ullanib yurganligi aniqlangan.