Polsha nashri reytingida O`zbekiston Shvesiya va Avstriyadan keyin uchinchi o`rinni egallagan.
O`zbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi. Reytingni Polshaning Gazeta.pl nashri tuzgan.
O`zbekiston Shvesiya va Avstriyadan keyin uchinchi o`rinni egallagan. Nashr O`zbekiston Sharqning mashhur durdonasi va Osiyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri ekanligini ham qayd etgan.
O`quvchilarga qadimiy Buxoro, Xiva va Samarqand bo`ylab juda boy va o`ziga xos yo`nalish taklif qilingan.
“Yangi yil kechasida Registon maydoniga borish tarixga qo`shilish va kishini Shahrizoda ertaklarida tilda olingan romantik muhitdagi kabi his etish imkonini beradi”, - deyilgan maqolada.
Sayyohlarga Toshkentga ham tashrif buyurish tavsiya qilingan. Nashr poytaxtda o`z milliy xususiyatlarini saqlab qolgan Markaziy Osiyodagi eng katta bozor – Chorsu joylashganiga e`tibor qaratgan. Yana bir diqqatga sazovor joy sifatida zamonaviy Mustaqillik maydoni ko`rsatilgan.