Ekologiya muammolari bo`yicha "Adolat" SDP bosh qotirmoqda

02.10.2021 06:44

 O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” deb ta`kidlangan. 

O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 88-moddasida “Dala va aholi punktlarida ang`iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o`simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi” deya qayd etilgan.

“Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni 2-moddasida yozilishicha, tabiatni muhofaza qilish ob`ektlari (er, er osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo`lishdan, yo`q bo`lib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.

“Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida esa “Fuqarolar atmosfera havosini avaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar zararli ta`sir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari shart”, deb yozilgan.

Ko`rib turganingizdek, xazon yoqilishini qonun taqiqlaydi, mutaxassislar qoralaydi. Lekin hamon kuz kelishi bilan xazon tutuni ko`zlarni achishtirishni, dimog`ni bo`g`ishni boshlaydi. Afsuski, tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat ko`ngildagidek emas. Ekologik partiya (harakat sifatida faoliyat yuritganida ham, partiyaga aylanganidan keyin ham) bu borada ta`sirchan tashabbuslar bilan chiqqani yo`q.

Toza havodan o`pkasini to`ldirib nafas olish va bu orqali sog`lom yashash – insoniyatning oliy huquqi, unga daxl ko`rsatuvchi har qanday omilga qarshi qat`iy kurashish shart!

Bahrom ABDUHALIMOV,

“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар