O`zbekiston hukumati ayollari qachon qishloq xotin-qizlari haqida qayg`uradi?

06.10.2021 19:04

Achchiq hayot haqiqati haqida kichik lavha — senator Tanzila Norboeva, prezidentlikka da`vogar Maqsuda Vorisova hamda hukumatdagi ayollar uchun.

O`zbekiston hukumatidagi ayollar qishloqdagi xotin-qizlarning og`ir turmush tarzi masalasini siyosat darajasiga olib chiqa oldimi?

Senator Tanzila Norboeva qishloq ayollarining qo`li hamon tappida ekanini dolzarb masala sifatida ko`tarmagan.

Prezidentlikka o`z nomzodini qo`ygan Maqsuda Vorisovaning saylov dasturida ham o`choq yoqib, ketmon chopuvchi ayollar muammosi aks etmagan.

Bugungi qishloq ayollarining turmush tarzi o`rta asrlar sharoitini eslatadi. Qishloq ayollarini hukumat vakilalari ham unutib yuborganmi?

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.11.2021 01:46
Qorni to'qning qorni och bilan nima ishi bor?
07.10.2021 22:28
Qorako'l tumani ayollari ham paxta terish davlat planini bajarishibdi (MY5 TV, "Hudud" dasturi. 07.10.2021. Soat 17:00
07.10.2021 13:17
7-oktabr ertalab "ZAMON" dasturi boshlovchisi Farg'ona viloyati paxta terish rejasini 80%ga bajarib bo'lganini aytdi. Hali ham davlat rejasi bo'lsa, qishloq ayollari yaxshi hayoti haqida maqtanmay qo'yaqolishsin, xalq ishonmaydi