O`zbekistonda so`nggi yillarda jinoyatchiliklar soni ortgan.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning yarim yilligida qayd etilgan jinoyatlarning umumiy soni 2020 yilning mos davriga nisbatan 2 barobardan ko`proq oshgan. 2020 yil yanvar-iyun oylarida jami 21535 ta sodir bo`lgan bo`lsa, 2021 yilda bu ko`rsatgich 45630 tani tashkil etgan. Ulardan 20.7 foizi firibgarlik, 16.7 foizi o`g`rilikdir.
Jinoyat eng ko`p sodir bo`lgan hududlar bo`yicha Toshkent shahri hamda Farg`ona viloyati etakchi o`rinda. Qayd etilgan deyarli har 4 ta jinoyatdan bittasi Toshkent shahriga to`g`ri keladi.
Mamlakat bo`ylab jinoyatchilik soni yil sayin ortib borayotgani tashvishlanarli hol hisoblanadi. Nazarimizda, bu tashvishli holat jinoyatchilikning oldini olishga mas`ul, jamiyatda sog`lom muhit barqarorligini ta`minlash vazifasi bo`lgan davlat tashkilotlarini ham o`ylantirayotgan bo`lsa kerak. Chunki, statistika ma`lumotlari, jinoyatchilikning tahlili va oldini olish chora tadbirlari borasida O`zbekistondagi mas`ul davlat tashkilotlari o`ylab ko`radigan fursat allaqachon kelganini ko`rsatmoqda.