Qarorlar bir tomonlama chiqarilyaptimi? Yohud talabaning dardi

02.10.2021 17:12

Qonun chiqaruvchilar-u Vazirlar mahkamasidan talaba norozi. Sabab nima?

Prezidentimizning “2021/2022 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi PQ-5157-sonli qaroriga muvofiq talabalar o`qishini ko`chirishning  tartibi belgilangan.

Unga ko`ra, 

talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko`chib o`tishi, turmush o`rtog`i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o`zgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush o`rtog`i doimiy yashaydigan hududga ko`chib o`tishi uzrli sabablar etib tan olinadi.

Lekin talabaning o`zi ish joyini boshqa viloyatga o`tkazsa, unda nima qiladi? Ota-onasini ham ko`chiradimi, yoki "darrov turmushga chiqishiga" to`g`ri keladimi?

Qarordagi mana shu cheklovning qurboni bo`layotgan talaba Mehriniso Mahmud qizidan murojaat kelgan:

"Guliston davlat universitetida o`zbek tili adabiyoti yo`nalishi sirtqi bo`limda o`qiyman. Ammo jurnalist bo`lib bir necha yildan beri ishlab kelaman. Ya`ni umuman o`qituvchi bo`lib ishlamaganman. Keyingi faoliyatim ham faqat jurnalistika bilan bog`liq bo`ladi. 

2020 yildan ish joyim poytaxtga ko`chdi. Shu munosabat bilan o`qish joyimni ham ko`chirish uchun Jurnalistika universitetiga onlayn ariza topshirdim va arizam Oliy ta`lim vazirligi tomonidan ko`rib chiqilib ko`chirishga tavsiya etildi. Ammo O`zJOKU rahbariyati asos bo`luvchi hujjatingiz yo`q deb arizamni qaytarmoqda. Vaholanki, arizamda ish joyim poytaxtga ko`chganligini asos qilib keltirganman. Ular bo`lsa 5157-qarorda bu bo`yicha faqat ota-onasi yoki turmush o`rtog`ining ish joyi o`zgarsa ko`chirishga ruxsat beramiz deb ta`kidlamoqda.

Ey, baraka topgur qonun yozuvchilar, institutlarda sirtqi, kechki bo`limlar ochilganini va u erda o`qiydigan talabalar ishlashi ham mumkinligini va ota-onasi, turmush o`rtog`i u yoqda tursin o`zi ham ish joyini o`zgartirishi mumkinligini hisobga olmagansizlarmi. Nega? Qachon qonunlar hamma uchun birday ishlaydi" – deya so`zini yakunlagan murojaatchi.

Bu bo`yicha mutasaddilardan javob kutib qolamiz. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.10.2021 23:13
Qaror ijro tashkilotlar tomonidan yoziladi, bu esa faqat bir tomon manfaatidan kelib chiqadi
03.10.2021 04:25
Haqiqatda mana shu masala muammoli. Turmush o‘rtogimning OTMga kirish bali Buxoro pedagogika institutiga qabul uchun yetgan. O‘zimiz Navoiy shahrida yashaymiz. 3 nafar farzandimiz bor. Eng kichigi 1 yosh. Navoiy pedagogika institutida o‘qiysan, dars vaqtingda yaqinlar qarab turadi degandim. Bizning vaziyatda juda murakkab bo‘lyapti. Qaror va Nizomlar juda rasvo. Institut dekanatlarida robotlar ishlaydi nazarimda. Masalaga ijobiy yechim bergisi kelmaydi.