O`zbekistonda qo`shimcha ish izlash ehtiyotkorlikmi yoki zarurat?

29.09.2021 13:04

 «HeadHunter – O`zbekiston» ma`lumotlar bazasida 2021 yilning sentyabr holatiga ko`ra, 200 mingdan ziyod rezyume va 3 mingdan ziyod bo`sh ish o`rinlari mavjud.

HeadHunter kompaniyasi hh.uz saytiga joylashtirilgan ish beruvchilarning vakansiyalari va ish qidiruvchilarning rezyumelari tahliliga asoslanib, "O`zbekistonda qo`shimcha ish izlash: ehtiyotkorlikmi yoki zarurat?" mavzusida tadqiqot tayyorladi. 

O`zbekistonliklarning ko`pchiligi uchun qo`shimcha ish odatiy holga aylanib bormoqda. 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida qo`shimcha ish izlab joylashtirilgan rezyumelar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 418 foizga oshgan. Hozirgi vaqtda O`zbekiston mehnat bozorida ikki qarama-qarshi tendensiya mavjud: ish bilan band fuqarolar orasida qo`shimcha ish izlaydiganlar soni tobora ortib bormoqda, ish beruvchilar orasida esa vaqtincha yoki loyiha asosida ishlovchi mutaxassislarni qidiruvchilar ko`paymoqda.

2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida qisman bandlik shaklida taklif qilinayotgan bo`sh ish o`rinlari soni 524 foizga oshgan va bu umumiy bo`sh ish o`rinlarining 1,5 foizini tashkil qilmoqda.

Masofaviy shaklda ishlash usuli keng yoyilib borayotgani qo`shimcha mehnat qilib, daromad topish uchun munosib shart-sharoit yaratdi. 2021 yilning yanvar oyidan sentyabriga qadar bo`lgan davrda o`tgan yilning shu davriga nisbatan masofaviy shakldagi bo`sh ish o`rinlari soni 141 foizga o`sdi, rezyumelar soni esa uch barobardan oshdi. Masofaviy ish bo`yicha vakansiyalar ulushi hh.uz saytidagi bo`sh ish o`rinlari umumiy sonining 3,7 foizini tashkil qilmoqda.

Qo`shimcha ish kishilarni turli sabablar tufayli jalb qilmoqda.

Qo`shimcha daromad:

Ko`plab ish izlovchilar uchun asosiy daromaddan tashqari qo`shimcha pul topish imkoniyati yondosh ish qidirishning asosiy sababidir. Zero, qo`shimcha ish moliyaviy mustaqillikni ta`minlaydi.

Professional jihatdan o`sish:

Agar asosiy ish joyida xodim kareraning yuqori cho`qqisiga chiqqan va uning malakayu qobiliyati rivojlanishdan to`xtab qolgan, potensialiga munosib baho berilmayotgan bo`lsa, u shaxsiy rivojlanish uchun boshqa kompaniyada ishlashni tanlaydi. Ko`pincha, to`liq bo`lmagan ish kuni kishiga bilimini sinab ko`rish, mahoratini oshirish va vaqt o`tishi bilan lavozimini yuqori darajaga ko`tarish yoki hatto faoliyat sohasini tubdan o`zgartirishga xizmat qiladi.

Shaxsiy maqsadlar yo`lida:

Volontyorlik, jamoat tashkilotlarida ishlash, startaplar - bu so`nggi yillarda faollashayotgan qo`shimcha bandlikning yana bir turidir. Kishilar shaxsiy aloqalar o`rnatish, professional sohada foydali tanishlar orttirish orqali shaxsiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidan unumli foydalanishyapti: ya`ni, masalan, bu o`zgalarga ko`mak berish yoki eng dadil g`oyalarni amalga oshirish bo`lishi mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.09.2021 19:14
Qo'shimcha ish - zarurat.