Mitxun Chakraborti: O`zbek kinoindustriyasi texnik jihatdan yangi bosqichga ko`tarilishi zarur

28.09.2021 13:36

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurdi. 

Kuni kecha aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O`zbekiston va o`zbek kinosi to`g`risida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

— Sizni O`zbekistonda ko`rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu erda bo`lgansiz. Endilikda qanday o`zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi?

— Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bu erda bir oy davomida bo`lgandik. Bugun Toshkentga kelib hayratimni yashira olmadim. Aeroportni o`zidayoq ulkan o`zgarishlarni ko`rib, huddiki o`zimni Evropani qaysidir shahriga kelib qolganimni his qildim.

O`zbekiston va Hindiston o`rtasida azaldan yaqin do`stona aloqalar bo`lgan va bugun ham bu aloqalar nafaqat kino va seriallar barcha sohalarda davom etib kelyapti. Aytishim mumkinki, Toshkentga kelib, O`zbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga chiqib, yanada rivojlanib chiroy ochganiga guvoh bo`ldim.

— Yangi O`zbekistonni uch so`z bilan tasvirlab bera olasizmi?

— Hayratlanarli, chiroyli, mehmondo`st.

— O`zbek filmlarini Markaziy Osiyodagi roli haqida nima deya olasiz?

— Texnik tomondan yangi bosqichga ko`tarilish zarur. O`zbek kinoindustriyasi xorijiy hamkorlikni yanada kuchaytirishi kerak. Men o`zbek filmlarini dunyoga chiqishini xohlayman.

— O`zbekistondagi sevimli shahringiz?

— O`zbekistonning ko`p joylarida bo`ldim, ammo Toshkent men uchun hammasidan sevimli.

— Sizningcha, Toshkent xalqaro kinofestivali orqali Yangi O`zbekistonning dunyoga qanday imkoniyatlari namoyon bo`ladi?

— Ayni vaqtda Toshkent Xalqaro kinofestivalining O`zbekistonda o`tkazilishi juda ham muhim voqea deb ayta olaman. Ko`plab yulduzlar dunyoning turli nuqtalaridan tashrif buyuradi. Bu kabi tadbirlar davlat obro`sini yuksaltiradi. Bu erda bo`lgan har bir yulduz o`z xotiralari, taassurotlari, bilan o`rtoqlashadi. Yulduzlarning fikri albatta ko`p odamlarni e`tiborsiz qoldirmaydi.

— Hayotda siz uchun nima muhim? Nimani yo`qotishdan qo`rqasiz?

— Men kino aktyorman, shu bilan birga to`rt farzandning otasiman. Oila boshiman. Men doimo sevimli inson bo`lishni, kerak bo`lishni xohlayman va shu mehrni doimo berishga harakat qilaman.

Oilam men uchun eng muhimi, uni yo`qotishdan qo`rqaman. Kino – hayotimning bir qismi. Uchrashuvlarda seni olomon o`rab oladi, dastxat so`raydi, yaxshi ko`rishlarini aytadi. Bu ham Yaratgan in`om etgan baxt. Ammo oilam sevgisi men uchun eng qadrli.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар