Amerika tahlilchilarini ham lol qoldirgan "arvoh" kotib – Zabihulloh Mujohid

21.09.2021 12:46

Zabihulloh Mujohid bitta odam bo`lishi mumkin emas ... Hech kim ommaviy axborot vositalarining shuncha chaqirig`ini qabul qila olmaydi.

Nega 2021 yilgacha u ommaga ko`rinish bermagan?

Oilasi, farzandlari…

Zabuhulloh Mujohid 1978 yilda Paktiya viloyatining Gardez tumanida tug`ilgan, u ilk ma`lumotni Afg`onistonning turli shaharlaridan, keyinchalik, Pokistonning Darul Uloom Haqqoniyasidan Islomiy seminariyalarda olgan, u erda islom huquqshunosligi bo`yicha o`qigan va bu sohada turli ilmiy maqolalar yozgan.

Darul Uloom Haqqoniya (Pokiston)

U 16 yoshida jang qilishni boshlagan va keyinchalik toliblar jurnalida dari tilida yozuvchi bo`lib, pashto va dari tillarida toliblar radiosining boshlovchisi bo`lgan.

“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo`li “Hayraton” stansiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov, Afg`oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimida.

 

Zabihulloh – uning haqiqiy ismi, ammo «Mujohid» harakat rahbarlari tomonidan tanlangan ism. Mujohid o`zining butun umrini «Tolibon» harakati uchun xizmat qilishga bag`ishlagan. Lekin u doimo o`zini sir tutgan va bu unga hamma joyda erkin harakatlanish imkonini bergan.

U jurnalistlar bilan muntazam muloqot qilar va Tolibon nomidan uyali telefon qo`ng`iroqlari, SMS-xabarlar, elektron pochta, Tvitter va islomiy veb-saytlarga joylashtirish orqali gapirar edi. Mujohid 2007 yil yanvar oyida Tolibon matbuot kotibi Muhammad Hanif hibsga olingandan so`ng uning o`rniga ushbu lavozimga tayinlangan.

«Men uzoq vaqt Kobulda, hammaning buruni ostida yashadim. Butun mamlakat bo`ylab bemalol aylanib yurdim.

Shuningdek, toliblar o`z harakatlarini amalga oshirgan front chizig`igacha dolzarb ma`lumotlarni o`z qo`lim bilan olishga muvaffaq bo`ldim. Bu bizning raqiblarimiz uchun juda hayratlanarli edi”, deydi u Express Tribune nashriga bergan intervyusida. «Ular (AQSh va Afg`on milliy kuchlari) meni yo`q deb o`ylashardi, – deydi Zabihulla Mujohid. – Men ularning bosqinlari va meni qo`lga olishga bo`lgan  urinishlaridan ko`p marta qochib qutuldim, ular Zabihullohni haqiqiy odam emas, balki uydirma, deb o`ylashdi. Shunday bo`lsa-da, men Afg`oniston bo`ylab bemalol harakat qila oldim. O`ylaymanki, bu tushuncha bunga yordam berdi”, deb tushuntirdi u.

2009 yilning boshida CNN muxbiri Nik Robertson Mujohiddan intervyu oladi, ammo Mujohid muxbir bilan televizor kamerasi yonida orqasi bilan suhbatlashgan. Robertson bu odamni 30 yoshga yaqin, soqolli va bo`yi 6 futdan (1,8 m) biroz baland deb ta`riflagan. 2009 yil may oyida CNN telekanaliga intervyu berilganidan so`ng, jurnalistlar bilan uyali telefon orqali gaplashgan Zabihulla Mujohid suhbatdoshni yolg`onchi, deb da`vo qilishdi. Bir razvedka tahlilchisining aytishicha, CNN bilan suhbatlashgan odam, «Mujohid» bo`lib ishlayotgan bir nechta odamlardan biri, lekin uning rahbarlari intervyudan norozi bo`lgani uchun bu odam tan olinmagan. Tahlilchi shunday dedi: «Zabiulloh Mujohid bitta odam bo`lishi mumkin emas ... Hech kim ommaviy axborot vositalarining shuncha chaqirig`ini qabul qila olmaydi».

Amerika Qo`shma Shtatlari Mujohidni topish uchun ko`p miqdorda pul tikadi va tinimsiz tintuv o`tkazadi. Biroq «Tolibon»ning sodiq vakilini qo`lga tushirishning uddasidan chiqa olishmagan.

«Lekin men hech qachon ketmaganman yoki Afg`onistondan qochishga harakat qilmaganman».

Zabihulloh Mujohid oilasi haqidagi ma`lumotlarni quyidagicha ochiqlaydi: «Mening ikkita o`g`lim va ikkita qizim bor. Mening kattam Hidoyatulloh yigirma yoshda. Keyingisi Muhammad, o`n yoshda. Mening qizlarim juda yosh - navbati bilan besh va uch  yoshda».

Zabihulla 2021 yilning 17 avgustida  ilk bor ommaga ko`rinish berdi va mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari jamoalarining savollariga javob berdi. U pushtu va dariy fors tillarini, ijtimoiy tarmoqlar va internetni juda yaxshi biladi. Matbuot kotibi qanday qilib shuncha ishga ulgurishini, bu ishning tabiati tufayli etarli darajada uxlay olmasligi yoki ovqatlanmagan paytlar bo`lgani,  «Tolibon» qo`mondonlari bilan muvofiqlashtirish, bu – telefonlarga javob berish va ommaviy axborot vositalariga ma`lumot berish kabi tunu kun ish grafigiga amal qilishi bilan izohlaydi.

«Men o`zimni bu ishga bag`ishladim», deydi Afg`oniston Islom Amirligi matbuot kotibi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар