STATISTIKA: O`zbekistonga 10 yilda 14 million, 5 yilda esa 20.5 million sayyoh kelgan

18.09.2021 08:21

Karantindan oldin 2019 yilning o`zida 8 279 000 nafar sayyoh O`zbekistonga kelgan.

O`zbekistonning eshiklari ochilishi barobarida oxirgi yillarda mamlakatimizga chet ellik sayyohlarning kirib kelishi sezilarli darajada ko`paydi. 

Buni 10 yillik va 5 yillik ko`rsatkichlar bilan taqqoslaganda yaqqol ko`rinadi. 2006-2016-yillarda 10 million nafar sayyoh kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 5 yilda 20,5 millionni tashkil qildi.

2006 yil - 554 772

2007 yil - 720 391

2008 yil - 879 321

2009 yil - 1 214 751

2010 yil - 1 473 143

2011 yil - 1 394 805

2012 yil - 1 894 996

2013 yil - 2 226 230

2014 yil - 1 361 961

2015 yil - 2 225 991

2016 yil - 2 027 035

O`tgan davr mobaynida AQSh, Chexiya, Polsha, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Malayziya, Indoneziya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlardagi vatandoshlar bilan hamkorlikda 40 mingtadan ortiq targ`ibot materiallari tarqatildi. Turizm salohiyatini targ`ib qilish maqsadida 90 ga yaqin forum va aksiya o`tkazildi.

2017 yil - 2 690 074

2018 yil - 5 346 219

2019 yil - 8 279 000

2020 yil - 1 504 100

2021 yil - 691 700

2020-2021-yillarda karantin qoidalari sabab o`sib borayotgan turistik oqim keskin tushib ketdi. Ammo undan oldingi 2017-2018, 2019 yillardagi yuqori natijalar bilan 5 yilda jami 20,5 million sayohatchi yurtimizga kelgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар