Amaldorlar bizni aldamayaptimi?

09.12.2020 18:40

Kuni kecha Xalqaro press-klubda «Konstitusiya va qonunchilikda so`z hamda matbuot erkinligi. O`zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi.

Rost24.uz davra suhbatida amaldorlar tomonidan aytilgan, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb fikr sifatida talqin qilingan so`zlarni saralab chiqdi. Siz ularning fikriga qo`shilasizmi? Amaldorlar rost so`zlayaptimi yoki yolg`on?

Hokim va boshqa rahbarlarni ilk bor jurnalistlarga yaqinlashtirgan platforma Xalqaro press-klub edimi? Biz Xalqaro press-klubga qadar hokim va boshqa rahbarlar bilan erkin tanqidiy muloqot va savol-javob o`tkazgan platformani ko`rmagan edik. Ammo, so`nggi vaqtlarda erkin muloqot ilk davrlarga nisbatan kamayib qolgandek.

Sizning-cha, O`zbekiston Milliy axborot agentligi O`zbekistondagi erkin so`z indekatori hisoblanadimi? So`z erkinligi indekatori bo`lgan O`zbekiston Milliy axborot agentligida maqtov tashbehlari ko`payib, tanqidiy maqolalar ozaymayaptimi?

Barcha demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalarini nazorat qiluvchi davlat tashkiloti mavjud. Biz jurnalistlar “to`rtinchi hokimiyat” yuqoridagi 3 hokimiyatni nazorat qilishiga ishonib yurgan edik. Akmal Saidov uni ertakka aylantirdi.

Xo`sh, amaldorlar to`g`ri gapiryaptimi?..

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.12.2020 08:32
ИндЕкатор бумиди индИкатор булади,саводсизлигам эви биландэ.
10.12.2020 18:51
Амолдорла хеч качон тугри гапирмаган ва гапирмиди хам. Лекин узлари манфаатдор булсагина хакикатга якин гапириши мумкин.
10.12.2020 16:50
Менимча бу купрок.
10.12.2020 12:08
Индикатор бўлади