Innovasion rivojlanish vazirligi Rost24.uz da e`lon qilingan tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi

14.09.2021 15:59

Rost24.uzda e`lon qilingan "Innovasiya bo`yicha 100 ga yaqin hujjat qabul qilindi, o`ndan ortiq tashkilot ochildi. Ammo natijadan darak yo`q" nomli maqolaga Innovasion rivojlanish vazirligi o`zining rasmiy saytida munosabat bildirdi.

Berilgan munosabatda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan so`nggi 5 yillikda qator ishlar amalga oshirilgan bo`lib, bu haqda vazirlik veb-saytida (mininnovation.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam axborot berib turiladi, bundan tashqari vazirlik saytida vazirlikning hisobotlari taqdim etilishi aytilgan.

Quyida vazirlik tomonidan berilgan munosabatni keltiramiz:

Birinchidan, ilm-fan va innovasion faoliyatni tartibga soluvchi 2 ta Qonun qabul qilindi, natijada sohada raqobat, manfaatdorlik va javobgarlik muhiti shakllandi;

Ikkinchidan, O`zbekiston Respublikasi 2020 yilda Global innovasion indeks reytingida 29 pog`ona yuqorilab, 122 o`rindan 93 o`ringa ko`tarildi;

Uchinchidan, ilmiy hajmdor kichik seriyali innovasion mahsulot ishlab chiqishga qaratilgan startap ekotizimiga asos solindi, 100 dan ortiq yangi innovasion ishlab chiqarish tuzilmalari tashkil etildi;

To`rtinchidan, yangi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilib, “Olim-tadbirkor-investor” platformasi doirasida 227 ta ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirilib, umumiy qiymati 123 mlrd. so`mlik innovasion mahsulotlar ishlab chiqarildi;

Beshinchidan, “COVID-19” infeksiyasiga qarshi 6 turdagi yangi mahalliy vaksinalar yaratildi va klinik oldi sinovlariga etkazildi, ikkita mahalliy vaksina JSS tashkiloti tomonidan nomzod vaksina sifatida ro`yxatdan o`tkazildi. Tijoratlashtirilgan “Rutan” preparati “COVID-19”ni davolash protokoliga kiritildi, SARS-CoV-2 infeksiyasini aniqlovchi test-diagnostikumlar yaratilib oyiga 500 ming dona to`plam ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi;

Shuningdek, Xitoylik hamkorlar bilan hammualliflikda SARS-CoV-2 infeksiyasiga qarshi yangi vaksina – “ZF-UZ-VAC2001” yaratildi, tijoratlashtirish natijasida 8,5 mln dozada vaksinalar ishlab chiqarilib, aholiga emlanish uchun etkazib berildi;

O`zbekistonda tarqalgan koronavirusning 250 dan ortiq namunalari genomlari to`liq DNK ketma-ketligi aniqlanib, birinchi 112 ta namunasi ma`lumotlari dunyo GISAID ma`lumotlar bazasiga joylash natijasida O`zbekiston o`z xududida tarqalgan koronavirus variantlari genomini to`liq o`qigan 50 ta davlatlar qatoriga kiritildi.

Oltinchidan, g`o`zaning yangi viltga chidamli zirxlangan gen-nokaut liniyalari yaratildi va uzun tolali g`o`zaning 3 ta yangi o`ta xavfli fuzarioz vilt kasalligiga chidamli “PSSJ-FRP01”, “PSSJ-FRP02”, va “PSSJ-FRP03” liniyalari yaratilib, AQShlik hamkorlar bilan birgalikda ro`yxatdan o`tkazilib dunyo g`o`za seleksionerlariga taqdim qilindi;

Ettinchidan, Amir Temur davridan etishtirib kelinayotgan eng qadimiy “Oq dum” va ommalashgan “Qizil dum” uzum navlari zamonaviy in-vitro usulida qayta tiklandi, ularning onalik ko`chatzorlari tashkil qilindi hamda mahalliy uzumning 150 ta navi uchun DNKga asoslangan genetik pasportlari yaratildi.

Sakkizinchidan, mis tarkibli rudalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish uchun mahalliy xomashyodan import analogiga nisbatan 2 baravar arzon yangi mahalliy kimyoviy reagent – flotoreagent ixtiro qilindi va konchilik sanoatiga joriy etish maqsadida yillik quvvati 500 tonnadan iborat kichik innovasion ishlab chiqarish tashkil etildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.09.2021 15:34
Беш йилда эришилган натижа бор йўғи шуми ? Техника соҳасида бирор бир янгилик бўлдими ? Албатта йўқ. Бу вазирлик оддий халқ орасидаги иқтидор эгалари билан ишлайдими ёки фақат қоғозни қора қилиб ҳали бери амалга оширишни имкони йўқ лойиҳаларни қўллаб қувватлаб уларга маблағ ажратиш билан оворами ? Халқимизга кўз билан кўриб қўл билан ушлаб кўрса бўладиган "Маҳсулот" керак. Қани шу маҳсулот ? Бунақа "маҳсулот"ни бармоқда санаш мумкин холос. Иқтисодни Локомотиви бўлган Техника тараққиёти қаерда ? Амалий ишлар қаерда ? ЯИМ (ялпи ички маҳсулот) ни ўсишида вазирликни ҳиссаси неча фоизни ташкил қилади ? Инновацион ривожланиш фақат импорт лойиҳаларга асосланганми ? Миллий "Маҳсулот" яратмоқчи ёки яратган халқ орасидаги муҳандислар, ихтирочию новаторларга қачон эътибор берилади ? ОАВ ларда эълон қилинган "Ўзбекистон Ихтирочилари ва Рационализаторлари" уюшмаси вазирлик таркибида ташкил қилинади деган ваъда қаерда ? Амалиётчилар керак эмасми вазирликка ? Хуллас савол кўп жавоб фақат қоғозда.
14.09.2021 21:29
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ancha ishlar qilinmoqda. Yoshlarni tashabbus va loyihalarini qo'llab-quvvatlash uchun "Bo'lajak olim tanlovi" "Start_up tanlovlari" va ko'krak nishonlar tanlovlari o'tkazilib kelinmoqda. Biz yoshlar vazirlik faoliyatini kuzatib boryapmiz. Jumladan Mustaqillik bayrami arafasida starasferaga bayrog'imiz uchirildi. Undan tashqari kichik-kichik tanlovlar o'smirlar uchun o'tkazildi. Robototexnika va sanoat yo'nalishlarida katta odimlash amalga oshirildi