Innovasiya bo`yicha 100 ga yaqin hujjat qabul qilindi, o`ndan ortiq tashkilot ochildi. Ammo natijadan darak yo`q

14.09.2021 07:56

Holva degan bilan og`iz chuchimas, deganlaridek “innovasiya” so`zini qancha ko`p takrorlamaylik turmushimiz innovasyalashib qolayotgani yo`q.

2017 yil 29 noyabrda Innovasion rivojlanish vazirligi tashkil etilgandan beri innovasiya so`zi biz uchun begona tushuncha bo`lmay qoldi. Har sohani bu so`z qamrab oldi. Innovasiya sohasi rivojlanishi kerak, chunki bu zamon talabi, xalqaro tajriba o`rganib chiqilsa ham aynan shu sohaga e`tibor kattaligini ko`ramiz.

Lekin bu bizda qanday kechyapti, hujjatlar qabul qilish, tashkilotlar ochish bilan band bo`lib qolayapmiz(mi?)

Oxirgi besh yildan beri innovasiya bo`yicha 100 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan va 10 ga yaqin davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar ochilgan. To`g`ri, har bir ochilgan tashkilotning o`z yo`nalishi va vazifasi, har bir hujjatning o`z normativ-huquqiy jihatlari bor. Lekin bu sohadagi qilinayotgan ishlar shu tashkilotlar misolida qanchalik ko`rinyapti, xalq buni sezyaptimi degan savol bo`lishi tabiiy, albatta.

Innovasiyani rivojlantirish bo`yicha so`nggi besh yilda tashkil qilingan tashkilotlar ro`yxati:

1. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi.

2. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi.

3. "Yashnobod innovasion texnoparki" DUK.

4. Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi.

5. Ilg`or texnologiyalar markazi.

6. “Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” DUK.

7. Ilmiy-texnik axborot markazi.

8. "Yoshlar innovasiya markazi" DUK.

9. "Innovasiya texnologiyalari markazi" MChJ.

10. "Innovasiya, texnologiya va strategiya" markazi.

Yuqorida sanab o`tilgan tashkilot, korxonalarni xalqimiz biladimi? Ularni hayotimizda qanchalik nafi tegmoqda? Oddiygina mahalla poliklinikasiga chiqsangiz na elektron navbat bor va yoki na kasallik tarixi elektron shaklga keltirilgan? Yoki shahar avtomobillari tirbandligi elektronlashtirilgan axborot bilan hal etildimi? Turmushimizni innovasion echimlar engillashtiryaptimi?

Besh yil oz fursat emas, bu yillarni hujjatlar-u tashkilotlar ochishga sarflamadikmi? Aslida butun boshli tizimli Innovasiya vazirligimizni o`zi tizimni isloh qilishga etarli emasmidi..?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
07.12.2021 17:37
"Инновация технологиялари маркази" МЧЖ манзили ёки алоқа рақамларини олишнинг иложи борми?
25.10.2021 19:22
Ассалому алайкум . Инновация деб кўп гапирганимиздан кўра жамоат кутубхоналарни кўпайтиришимиз керак. Олдин кўп эди, ҳозир кўпи ёпилиб кетди. Одамлар китобларни ўқишни бошласагина шунда ғоя, фикр пайдо бўлади. Китоб ўқимасдан "Инновация" ни қайдан оламиз ?
23.09.2021 17:38
Инновация янгилик буладиган булса бизда новаторлар деярли йук, эски мактабларни битирганлар рахбар булиб турган вазирликми,ташкилотми барибир янгилик ярата олмайди ва бошкаларга йул хам бермайди...
14.09.2021 21:12
Мухбир ёритган танқид тўғри. Яхши лоийхалар молиялаштирилмайди фақат хаммаси инновация вазирлигида ишлайдиганларни таниш билишларнинг лойихалари. Кейин йил охирида олий таълимдаги олимлар ишлаб чиқариш билан хамкорлик қилмаяпти деб айьни олимларга ағдаради. Чунки инновация Вазирининг узи ва унинг командаси ёлғончи гапга жавоб.
14.09.2021 14:17
Yaxshi mavzu ko'tarilibdi. Bunday masalalarni ko'proq yoritish kerak. Rost 24 nashriga omad.
14.09.2021 14:06
Пулни инновацион ювиш усули ривожланяпти,