Tolibonning etakchi rahbarlaridan biri - O`ZBEK

10.09.2021 14:53

Tolibonning Afg`onistondagi yuqori martabali etakchilaridan biri Mavlaviy Abdul Salam Hanafiy Afg`oniston shimolidagi Juzjon viloyatidagi Darzab tumani Gardan qishlog`ida tug`ilgan etnik o`zbek.

Mavlaviy Abdul Salam Hanafiy

Hanafiy Pokistonning Karachi shahridagi diniy maktablarda tahsil olgan. 90 -yillarda Tolibon harakatiga qo`shilgan. Tolibonning Farah viloyatidagi ta`lim bo`limi boshlig`i va ta`lim vaziri vazifasini bajaruvchi, Tolibon hukumati qulashi paytida esa bu harakatning Juzjon viloyatidagi harbiy amaldori, rahbariyat kengashi va Tolibon muzokaralar organining a`zosi bo`lgan. Afg`onistonning sobiq hukumati davrida oilasi bilan Qatarda istiqomat qilishga majbur bo`lgan edi.

Hanafiy hozirda bosh vazir o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Al-Jazira Net manbasiga ko`ra, «Abdul Salam Hanafiy bir muddat Qobul universitetida o`qigan va o`qishni tugatmagan» . Shuningdek, Siyosiy byuroda ishlagan vaqtida Xitoy bilan munosabatlar uchun mas`ul bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq saytimiz orqali Afg`oniston va Tolibon: eski hukumatning qulashi va yangisi barpo etilishi qanday o`zgarishlarga olib keladi?” nomli maqola e`lon qilingan edi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.09.2021 23:49
O'zbek bo'lgani yaxshi: nasha o'rniga paxta ektiradi.