Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s`ezdida ishtirok etayotgan Shavkat Mirziyoev quyidagi bayonotlarni berdi:
Kelgusi besh yilda har bir xonadon va ijtimoiy muassasa maqbul narxda yuqori tezlikdagi Internetga ulanadi, magistral avtomobil yo`llari 100 foiz mobil aloqa va Internet bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, xalqaro magistral Internet tezligi 5 barobarga, tumanlararo tarmoqlar tezligi 8 barobarga oshiriladi.
2023 yil oxirigacha inflyasiya darajasi 5 foizga tushiriladi. Davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,5 foizdan oshmasligi ta`minlanadi.
Yangidan jalb qilinadigan yillik tashqi qarz miqdori 5 milliard dollardan oshmasligi ta`minlanadi.
Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko`paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori hajmi 200 million dollardan 7 milliard dollarga etkaziladi.
Kelgusi besh yilda 120 milliard dollar, shundan kamida 70 milliard dollar xorijiy investisiyalar jalb qilinadi.
Hududlarda sanoat va infratuzilmani rivojlantirish maqsadida O`zbekiston taraqqiyot banki tashkil etiladi .
Bank tizimini transformasiya qilish orqali xususiy banklarning ulushi jami bank aktivlarining 60 foiziga etkaziladi.
Kelgusi yilning o`zida Toshkent shahri jamoat transportida 320 ta elektrobus qatnovi yo`lga qo`yiladi.
2023 yildan boshlab qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishini e`lon qildi.
2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va er soliqlarini birlashtirib, yagona ko`chmas mulk solig`i joriy qilinadi.
Bank, moliya, telekommunikasiya kabi tadbirkorlik yo`nalishlarida foyda solig`i stavkasi amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.
Kelgusi besh yilda norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaro bandligi legallashtiriladi.
Bazaviy pensiya hisoblashda ish haqining chegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oshiriladi.