Yangiariq tumanidagi 28-son maktab bitiruvchilari 100 foiz natija bilan oliy ta`limga qabul qilindi
Ma`lumki, oliy ta`limga kirish bo`yicha Buxoro viloyatidagi Qorako`l maktab internati safida turadigan ilm dargohlar yurtimizda sanoqli edi. Ammo so`ngi vaqtlardagi imkoniyat, ta`lim tizimidagi tub burulishlar bois bir biridan o`zadigan, sog`lom raqobatga kirishadigan ta`lim maskanlari ko`payib bormoqda.
Yangiariq tumanidagi 28-son maktabni mana endi hamma biladi. Boisi mazkur maktabning bu yilgi bitiruvchilari 100 foiz natija bilan oliy ta`limga qabul qilindi.
Yangiariq tuman hokimligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 11-sinfni 19 nafar bitiruvchi bitkazib barchasi to`liq oliy ta`limga hujjat topshirgan. Bitiruvchilarning 6 nafari Davlat granti asosida, 13 nafari esa shartnoma to`lovi asosida o`qishni davom ettirishadi.