Rost24.uz axborot sayti kuni kecha Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Yangiobod qishlog`idan ichimlik suvining tanqisligi bo`yicha "Siz suvni isrof qilayotgan bir paytda qaerlardadir suvga muhtoj zamondoshlarimiz yashamoqda" nomli ijtimoiy rolik tayyorlagan edi.
Ushbu muammo bo`yicha «Jizzax suv ta`minoti» MChJ munosabat bildirdi:
"Zafarobod va Yangiobod QFY aholisi necha yillardan beri foydalanib kelgan buloq suvlari qurg`oqchilik sabab kamayib ketgani shu sababli ichimlik suvi aholi ehtiyoji uchun etmayotganligi ma`lum bo`ldi.
Hozirgi kunda ushbu muammoni hal qilish choralari ko`rilmoqda.
Bundan tashqari Yangiobod qishlog`i «O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi»ning Jahon taraqqiyot banki mablag`lari hisobidan «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasi asosida ichimlik suvi inshooti va tarmog`i qurilishini amalga oshirish arafasida. Hozirga kunda loyiha-smeta ishlari amalga oshirilmoqda.