Energetika vazirligi katta qarzdorligi bor tashkilot va shaxslar nomini ochiqlashni boshladi

09.12.2020 09:40

Birgina tashkilotning qarzi 3 mlrd. 189 mln. 417 ming so`m, bu — 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik tabiiy gaz iste`moli deganidir.

Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurobod qo`rg`onida joylashgan “MEGA BLOCK INVESTMENT” MChJ 3 189,5 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan. Bu 3 mlrd. 189 mln. 417 ming so`mni tashkil qiladi.

Energetika vazirligi ma`lumotiga ko`ra, mazkur noqonuniy foydalanilgan 3 189,5 ming metr kub tabiiy gaz o`rtacha 3 500 dan ziyod xonadonning bir oylik tabiiy gaz iste`moli hajmini tashkil etadi.

Hozirda qayd etilgan qonunbuzarlik holatlari bo`yicha barcha dalil va hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар