Suv xo`jaligi vaziri Shavkat Hamroev Ismoil Jo`rabekovni OAV orqali mukofot bilan tabrikladi

31.08.2021 13:50

O`zAda e`lon qilingan tabrik matnida vazir O`zbekiston hukumatining turli lavozimlarida ishlagan Ismoil Jo`rabekovning yoshligidan g`ayrat-shijoati, tirishqoqligi, o`tkir zehni bilan tengdoshlaridan ajralib turganligiga alohida e`tibor qaratgan. 

Jumladan, matnda “Ismoil Jo`rabekov bosib o`tgan ibratli umr yo`lining qaysi manziliga boqmang, unda yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ezgulikni ko`rasiz”, deyiladi.

Shuningdek, mohir siyosatchi Ismoil Jo`rabekov Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy-ijtimoiy hamkorlikni, qo`shni xalqlar bilan do`stona aloqalarni tiklashga beqiyos hissa qo`shgani, xususan, 1990 yillarda Tojikiston Respublikasida yuzaga kelgan fuqarolar urushi davrida qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan qardosh tojik xalqiga insonparvarlik yordamini ko`rsatish, ularni oziq-ovqat bilan ta`minlashda Ismoil Hakimovichning sa`y-harakatlarini tojik birodarlarimiz hamon minnatdorlik bilan eslashiga urg`u berilgan.

“Jo`shqin faoliyati va bor salohiyatini suv xo`jaligi rivojiga bag`ishlagan, buni umr mazmuni deb bilgan Ismoil Hakimovich, shubhasiz, katta maktab yaratdi. U kishining shogirdlari bugun respublikamizning barcha hududlarida, suv xo`jaligi tashkilotlarida mehnat qilmoqda” deb yozadi ayni paytdagi O`zbekiston Respublikasi Suv xo`jaligi vaziri Shavkat Hamroev.

Ma`lumki, “O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining o`ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi Prezident farmoniga binoan O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining maslahatchisi Jo`rabekov Ismoil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.09.2021 23:30
Nima, izohlar "negativ"mi, ko'rsatmabsizlar?